Beton
va
temirbeton
konstruksiyalarni
loyixalashda
betonga
mustahkamlik, sovuqqa chidamlilik va suv o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
klasslar (markalar) belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyixa markasi
kub shaklidagi etalon namunalarni o‘qi bo‘yicha siqilishdagi qarshiligi (kgs sm
2
)
nisbatan belgilanadi.
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyixa
markasi prizma shaklidagi maxsus namunalarni o‘qi bo‘yicha cho‘zilishdagi
qarshiligiga
(kgs sm
2
)
nisbatan
belgilanadi.
Ushbu
marka
betonning
cho‘zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo‘lganda belgilanadi.
Betonning sovuqqa chidamlik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni
standart sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo‘yicha belgilanadi. Ushbu marka
betonga ko‘p marta muzlash va erish ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollarda
belgilanadi.
Betonning suv o‘tkazmaslik bo‘yicha loyixa
markasi namunalarni bir
tomonlama gidrostatik bosimda (kgs sm
2
) suv o‘tkazmaslik standart sinovlar
natijalari bilan belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha beton markalari betonga
zichlik va suv o‘tkazmaslik bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilganda belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada aniqlanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar uchun standart yoki texnik shartlarda
ko‘rsatilgan boshqa muddatlarda ham siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi
aniqlanishi mumkin.
Betonning mustahkamligi muayyan seriyalarda tayyorlangan kamida 3
egizak standart namunalarni sinash natijasida topiladi. Namunalar beton
qorishmasining o‘rta qismidan olinadi, qoliplanadi va laboratoriya vibrostolida
zichlashtiriladi. Tayyorlangan namunalar kamida 24
soat usti namlangan mato
bilan yopilgan qoliplarda, havo harorati 20±2
0
S sharoitda saqlanadi, keyin
qolipdan echilgan namunalar maxsus kamerada nisbiy namlik 95% kam bo‘lmagan
va harorat 20±2
0
S bo‘lgan normal sharoitda 28 sutka davomida saqlanadi.
Sinaladigan namunalar o‘lchamlari yirikligiga bog‘liq bo‘ladi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20x20 sm, 15x15x15
sm (asosiy namuna) va10x10x10 sm standart namunalarni sinab topiladi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlarini 15x15x15 sm asosiy namunaga keltirish
uchun tomonlar o‘lchami 10 sm va 20 sm namunalar
sinalganda mutanosib
ravishda 0,95 va 1,05 masshtab koeffitsientlarga ko‘paytirish zarur.
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi uning siqilishdagi
mustahkamligiga mos ravishda o‘sib boradi, ammo yuqori markadagi betonlar
tayyorlanganda bu o‘sish sur’ati pasayadi.
Betonning cho‘zilishdagi markasi siqilishdagi markasiga nisbatan 1 10-
1 17 va egilishdagi markasiga nisbatan 1 6-1 10 nisbatda bo‘ladi.
Betonning mustahkamligi uning struktura bo‘yicha komponentlarning
bir xil joylashishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Beton strukturasini bir
xilda bo‘lishini ta’minlash uchun tashkil etuvchilarni yaxshilab aralashtirish zarur.
Betonning loyixa markasini sifatli sement, to‘ldirgichlar ishlatib,
texnologik jarayonlarni mukammalashtirib, ishlab chiqarishni avtomatlashtirib
ta’minlash kerak.
Betonning loyixadagi kafolatlangan markasini
uning mustahkamligini
meyorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan shunday
ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: