Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Betonning kirishishi va shishishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə88/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Betonning kirishishi va shishishi 
Beton asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalar ochiq havoda
qurishi natijasida kirishadi. Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari o‘zgaradi,
ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Betonning
kirishishiga namligining kamayishi, karbonlanish va kontraksiya jarayonlari
sababchi bo‘ladi.
Beton tayyorlanganda aralashtirilgan suvning bir qismi sement bilan
reaksiyaga kirishib gidrominerallar hosil bo‘lishiga, ikkinchi qismi esa
to‘ldirgichlar yuzasini xo‘llashga sarf bo‘ladi, ortiqcha suv asta-sekinlik bilan
betondan bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning bug‘lanishi va gidrominerallar hosil
bo‘lishiga sarflanishi betonning kirishishiga va ichki mikrodefektlarning paydo
bo‘lishiga olib keladi. Sement toshi tarkibidagi kalsiy ishqorining (Sa(ON)
2
)
karbonlashishi natijasida kalsiy karbonatning (SaSO
3
) hosil bo‘lishi betonning
kirishish jarayonini chuqurlashtiradi. Sement toshida yuz beradigan kontraksiya
holati natijasida hosil bo‘ladigan betonning kirishishi umumiy kirishishning 510%
tashkil qiladi. Demak, betonda hosil bo‘ladigan asosiy kirishish qorishma
tayyorlanayotganda qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Betonning kirishishi natijasida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish
tayyorlangan buyum yoki konstruksiyaning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
CHunki massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam holda



bo‘lishi betonda notekis kirishishni keltirib chiqaradi, natijada sement toshi va


to‘ldirgichlar kontakt sohasida ichki mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonda hosil bo‘ladigan kirishishni, ya’ni ichki zo‘riqishlarni
kamaytirish uchun iloji boricha ortiqcha texnologik suv miqdorini kamaytirish,
to‘ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak. Beton, qorishma va
sement toshining kirishishi 6.10-rasmda berilgan. Demak, sement toshi tarkibiga
mayda va yirik to‘ldirgichlarning kiritilishi mutanosib ravishda kirishishini
kamaytiradi.
Qotish vaqti, sut
14.4-rasm. Kirishish chizmasi
1-sement toshi; 2-qorishma; 3-beton.
Bino va inshootlarning tashqi qismlariga, gidrotexnik inshootlarga,
avtomobil yo‘llarga, aerodrom qoplamalariga va boshqalarga ishlatilgan beton
doimo suv bilan xo‘llanib va qurib turadi. Betonda namlikning ko‘payishi va
kamayishi kirishish va shishib ketishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni
keltirib chiqaradi. Hosil bo‘lgan ichki zo‘riqishlar betonda mikroyoriqlar paydo
bo‘lishiga va natijada konstruksiyalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Betonni
namlanishdan himoyalash uchun gidroizolyasiya vositalari ishlatiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin