to‘ldirgichning turiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir
to‘ldirgichlar o‘rniga g‘ovak engil to‘ldirgichlar
ishlatilganda issiqlik
o‘tkazuvchanligi 2-4 marta kamayadi. Betonning namligi oshsa yoki suv kirib
muzlasa issiqlik o‘tkazuvchanligi keskin oshib ketadi. YUqori darajadagi issiqlik
o‘tkazuvchanlik betonning kamchiligi hisoblanadi. SHu sababli uysozlik panellari
va boshqa issiq-sovuqdan himoyalovchi konstruksiyalar tayyorlanganda og‘ir
beton qo‘shimcha ravishda issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan ta’minlanadi.
Haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti (XCHKK). Og‘ir
betonning
XCHKK 10·10
-6
0
S tashkil etadi va beton 50
0
S qizdirilganda 0,5 mm m bo‘ladi.
Beton asosida bino va inshootlar qurilganda XCHKK hisobga olinib, harorat
farqidan ularda yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantirish
maqsadida haroratdan
kirishish choklari hosil qilinadi.
Beton strukturasida karkas vazifasini o‘taydigan yirik to‘ldirgich va ular
orasini to‘ldiruvchi matritsa vazifasini o‘tovchi qorishmaning haroratdan chiziqli
kengayish koeffitsientlari turlicha bo‘ladi. Harorat 80
0
S oshganda ichki zo‘riqish
hisobiga yirik to‘ldirgichlar va qorishma kontakt yuzalarida
mikroyoriqlar hosil
bo‘ladi.
Betonning haroratdan ichki zo‘riqishini kamaytirish uchun tashkil
etuvchilarni chiziqli kengayish koeffitsienti bir-biriga yaqinlarini tanlash maqsadga
muvofiqdir. Temirbeton konstruksiyalarni loyixalashda beton va armaturaning
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlarini
yaqinlashtirish shart, aks holda
ularni bir butun konstruksiya bo‘lib ishlashini ta’minlash qiyin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: