Betonning suv va boshqa agressiv qorishmalarni shimuvchanligi
zichligidan kelib chiqib, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv
muhitlarga bardoshliligini belgilaydi.
Suv o‘tkazmaslik. Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgs sm
2
) bilan xarakterlanadi. Suv
o‘tkazmaslik balandligi va diametri 15 sm bo‘lgan beton namunalarni standart
usulda sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga,
ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam,
mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa suv o‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usulda zichligini
oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimchalar (natriyli
alyuminat) kiritish mumkin. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o‘rniga
kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish ham betonning suv
o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv o‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti
filtrlanishi mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda,
rezervuarlarda va boshqalarda qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: