Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə87/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Beton klassi-0,95 koeffitsient bilan kafolatlangan betonning biror bir
xossasini belgilaydigan ko‘rsatkichdir. Bu degani betonning muayyan xossasi klass
bo‘yicha 100 holatdan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina chekinish
bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: V1; V1,5; V2; V2,5; V3,5; V5;
V7,5; V10; V12,5; V15; V20; V25; V30; V40; V45; V50; V55; V60.
Betonning 7 klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati,
normativ variatsiya koeffitsienti V 13,5 bo‘lsa, RqV 0,778 bo‘ladi, masalan,
V10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R
siq
12,85 MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsienti aloxida namunalar
mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinishlarini
o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik bo‘lib, oddiy
betonlar uchun V 13,5 % deb qabul qilinishi mumkin. Umuman variatsiya
koeffitsienti 20% oshmasligi shart.
Betonning qotishi 
Beton normal sharoitda uzoq muddat davomida sement va suv o‘rtasida
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida qotadi. Beton markadagi
mustahkamlikka erishmasdan ilgari qurishi yoki muzlashi uning strukturasi
buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasi qoliplangach, quruq issiq iqlim sharoitida namlikni
saqlash maqsadida, turli plyonkalar, sepiladigan polimerlar yordamida suvning
bug‘lanib ketishini chegaralash mumkin.
Kuz-qishki sharoitda betonni muzlashdan saqlash uchun isitish
vositalarini qo‘llash, betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan muhofazalash
yoki beton tarkibiga suvni muzlatmaydigan kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish
mumkin.



Portlandsement asosida tayyorlangan va normal sharoitda qotayotgan


beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishi taqriban logarifm qonuniyati orqali
ifodalanishi mumkin:
lgn
Rn R
28
lg28 ,
bu erda: Rn-n sutkadagi betonning mustahkamligi (kamida 3 sutka); R
28
-
betonning markadagi mustahkamligi; n-betonning qotishi kunlari. Bu
usulda beton mustahkamligini aniqlash konstruksiyalarni qolipdan bo‘shatishni
belgilashda ishlatiladi. Beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishini aniqroq
bilish uchun avvaldan tayyorlangan, tajribalar asosida qurilgan grafiklar beton
namunalarini 3,7,28, 90 sutkada sinab mustahkamligi aniqlanadi.
Portlandsement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi normal
sharoitda 7-14 sutkada 60-80% markadagi mustahkamlikka erishadi. Betonning
dastlabki vaqtdagi mustahkamligini oshirish uchun tez yoki o‘ta tez qotuvchan
portlandsement turlari ishlatish yoki issiqlik bilan qayta ishlash mumkin. Beton
qotishini tezlashtirish qoliplarni aylanma qayta ishlatilishi yoki monolit beton
ishlatilganda qurilish jarayonini tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin