Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə95/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari 
Qoliplangan betonning mustahkamligi vaqt davomida asta-sekinlik bilan
oshib boradi. Ma’lumki, betonning qotishi sementning gidratatsiya jarayoni tezligi,
atrof-muhit harorati va nisbiy namligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy sharoitda normal
muhitda beton markadagi mustahkamlikka 28 sut davomida erishadi. Beton qotishi
uchun normal muhit sharoiti- harorat 20
0
S±2 va nisbiy namlik 90-100% bo‘lishi
kerak.
Betonning 28 sut keyingi mustahkamligi undan tayyorlangan beton va
temirbeton konstruksiyalarning ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
beton nisbatan normal sharoitga yaqin muhitda ishlatilsa, uning mustahkamligi bir
necha yil, hatto o‘n yillar davomida oshib borishi mumkin. Normal sharoitda
ishlangan betonning bir yildan keyingi mustahkamligi markadagiga nisbatan 75%
ortishi mumkin. Sement gidratatsiya jarayoni normal sharoitda nazariy jihatdan
vaqt davomida to‘xtamasligini hisobga olsak beton mustahkamligi ham vaqt o‘tishi
bilan davom etadigan jarayon ekanligi tushunarli bo‘ladi.
Normal sharoitning buzilishi, ya’ni haroratning va nisbiy namlikning
optimal ko‘rsatkichdan o‘zgarishi beton mustahkamligining oshmasligiga, hatto
kamayishiga olib keladi.



Umuman, bino va inshootlarning asosiy qismlarida ishlatiladigan beton va


temirbeton konstruksiyalar betoni markadagi mustahkamlikka erishsa kifoyadir.
Beton tabiiy holatda monolit quyilganda qotadi. Zavodda temirbeton
konstruksiyalar markadagi mustahkamlikning 70%ga 7 sut. davomida erishishini
hisobga olsak, bu omil beton quyish sexlarini juda katta xududlarni egallashini
tushunamiz. Yig‘ma temirbeton ishlab chiqarishda betonga issiqlik bilan qayta
ishlov berib qotishini tezlashtirish keng tarqalgan. Betonga issiqlik turli usullar
bilan ta’sir ettirilishi mumkin, chunonchi 80-85
0
S haroratli suv-bug‘ aralashmasi
yoki 100
0
S haroratli to‘yintirilgan bug‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyumga yuborilishi,
bug‘, elektr toki, o‘ta yuqori chastotali tok va boshqa isitish man’balari vositasida
betonni kontakt (bilvosita) usulida qizdirish mumkin. Suv-bug‘ aralashmasi bilan
beton qizdirilganda qotish vaqtida nisbiy namlik saqlanadi va sement gidratatsiyasi
uchun qulay sharoit yaratiladi.
Betonning qotishini tezlatish usullaridan ba’zilarini izohlab o‘tamiz.
Betonni bug‘lash davriy va uzluksiz ishlaydigan kameralarda amalga
oshiriladi. Davriy ishlaydigan kameralarda beton qolip yoki poddonlarda
joylashadi, qopqog‘i yopilgach, atrofiga suv quyilib bug‘ning kameradan chiqib
ketishi bartaraf etiladi. Kameraga bug‘ yuboriladi va asta-sekinlik bilan harorat 80-
100
0
S gacha etkaziladi. Beton etkazilgan haroratda 4-12 soat davomida ushlab
turiladi, so‘ng asta-sekin harorat pasaytiriladi. Har bir turdagi beton buyum va
konstruksiya uchun bug‘lash rejimi tajriba natijalari bilan aniqlanadi.
Bug‘lash rejimida haroratni asta-sekinlik bilan ko‘tarish va pasaytirish
betondan hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish natijasida yoriqlar paydo bo‘lishini
ogohlantiradi. Betonni bug‘lash rejimi sementning kimyoviy-mineralogik tarkibi
va betonning turiga va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Bug‘langan betonning
mustahkamligi markadagiga nisbatan 65-75% tashkil etadi.
Betonni issiqlik bilan uzluksiz qayta ishlaydigan kameralar gorizontal
(tunnelli) va vertikal bo‘lishi mumkin. Tunnelli kamerada qoliplangan beton
maxsus vagonetkalarda harakatga keltiriladi.
Harakatlanayotgan vagonetkalarga qarama-qarshi yo‘nalishda bug‘
yuboriladi va beton asta-sekin qiziydi, nominal haroratda ushlab turiladi va
sovitiladi. Beton buyumlar vertikal isitish kamerasida maxsus moslamalar
yordamida bir tomondan ko‘tarilib, ikkinchi tomondan tushirib turiladi.
Kameraning yuqori qismiga bug‘ yuborilib harorat nominal darajada ushlab
turiladi.
Beton qotishini bug‘lash usulida 7-8 marta tezlashtirish mumkin.
Betonni elektrotermik usulda 50 Gs o‘zgaruvchan, 380 V kuchlanishli
tokda 80-90
0
S haroratgacha qizdirish yaxshi samara beradi. Betonga elektr toki
yuzaki yoki ichki elektrodlar yordamida yuboriladi. Tok yordamida beton



qorishmasini 5-10 minut davomida nominal haroratgacha qizdirib, so‘ngra


qoliplash ham yuqori natija beradi. Avvaldan qizdirilgan betonda sementning
gidratatsiya jarayoni tezlashadi va beton intensiv qota boshlaydi.
Betonni nurli energiya manbai bo‘lgan o‘ta yuqori chastotali tok, infraqizil
nurlar bilan qizdirib qotishini tezlashtirish mumkin. Nurli energiya usulida yupqa,
keng yuzali beton va temirbeton konstruksiyalar qotishini tezlashtirish maqsadga
muvofiqdir.
Beton qotishini oz miqdorda kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shib tezlashtirish
mumkin. Kimyoviy qo‘shimcha sifatida xlorli natriy va xlorli kalsiy, natriy nitrati,
kalsiy nitrit-nitrati, kalsiylashtirilgan soda, suyuq shisha, karbamid va boshqalar
ishlatiladi. Xlorli tuzlar beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 1-2%
qo‘shiladi, ular miqdorining oshishi konstruksiyaning metall armaturasi
emirilishiga olib keladi. Kimyoviy qo‘shimchalar betonning boshlang‘ich
davridagi (3sut) mustahkamligini oshirishi mumkin, keyinchalik 28 sut.
mustahkamligi qo‘shimchasiz beton singari bo‘ladi.
Beton qorishmasiga kimyoviy qo‘shimchalarni kiritish tarkibidagi suvning
muzlash haroratini pasaytiradi va minus haroratda ham beton qotishiga imkoniyat
yaratadi.
Quyosh nuri energiyasidan foydalanib (geliotermoishlov) betonning
qotishini tezlashtirish usuli quruq issiq iqlim sharoitida keng tarqalgan. Bu usulda
monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalar qotishini tezlashtirish mumkin.
Quyosh nuri energiyasini beton buyumlar ustida to‘plash uchun uning ustki qismi
polietilen, polipropilen va boshqa polimer plenkalar bilan o‘rab qo‘yiladi; buyum
va plenka orasidagi masofa 10-15 sm bo‘lishi kerak. Quyosh nuri energiyasidan
unumli foydalanish maqsadida buyumlar nur tik tushadigan holatda o‘rnatilishi
yoki nurga qarab burish imkoni bo‘lgan qoliplarga quyilishi mumkin.
Geliotermoishlashda bir kunduz davomida, betonning harorati yilning
davriga qarab, 45-85
0
S atrofida bo‘ladi, beton esa markadagi mustahkamlikning
50-70% erishishi mumkin.
Yil davomida bulutli kunlar ham bo‘lishini hisobga olib quyosh nuri
energiyasi bilan birga boshqa usullarni ham birgalikda qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Monolit quyilgan beton birinchi kunlarda maxsus parvarishga muxtoj
bo‘ladi. CHunki harorat va nisbiy namlikning meyordan o‘zgarishi betondagi ichki
zo‘riqishlar natijasida hosil bo‘lgan yoriqlarni keltirib chiqaradi. Quruq issiq iqlim
sharoitida beton yuzasi rulonli materiallar (polietilen va polipropilen plenkalar,
brizent, chipta va boshq.), sochiluvchi materiallar (qum, qipiq, giltuproq va
boshqalar) va yupqa plenka hosil qiluvchi polimerlar (lak-etinol, gossipol smolasi



eritmalari, suvda eriydigan polimerlar, gelpolimerlar) suvni bug‘lanishini oldini


olish maqsadida foydalaniladi.
Beton tarkibida namlikni saqlashning zamonaviy samarali usuli qorishmaga
sement massasiga nisbatan 0,1-0,5% gelpolimerlarni qo‘shish usulidir.
Gelpolimerlar betonda suvni mikrostruktura darajasida ushlab turish qobiliyatiga
ega.
Monolit beton sovuq sharoitda quyilganda yuzasi issiqlik izolyasiyasi
materiallari bilan vaqtincha yopib qo‘yilishi shart. Maxsus materiallar asosida
monolit beton konstruksiyalarni dastlabki kunlarda o‘rab qo‘yish betonning normal
qotishini ta’minlaydi. Sovuq kunlarda betonni “termos” tipidagi qoliplarga quyish
maqsadga muvofiq bo‘lib, termosning oraliq bo‘shlig‘iga issiq havo, bug‘ yuborish
imkoniyati bo‘ladi.
Qotgan betonning sifatini buzib va buzmasdan sinash usullarida aniqlash
mumkin. Betonning mustahkamligini beton qorishmasidan muntazam ravishda
namuna olib maxsus kublar tayyorlanadi va ularni 7 va 28 sut sinab aniqlanadi.
Kub namunalari yig‘ma va monolit beton qotishi sharoitlarida qotishi kerak.
Betonning mustahkamligini buzmasdan mexanik va fizik sinash usullari
mavjud. Mexanik usulga I.A.Fidzelning “SHar bolg‘asi” va K.P.Kashkarovning
“Etalon bolg‘asi” (Kashkarov bolg‘asi) misol bo‘ladi. Mexanik usul zarb
berilganda beton yuzasida hosil qilingan chuqurcha kattaligi bilan ifodalanadi,
chunki betonning mustahkamligi yuqori bo‘lsa chuqurcha kichik o‘lchamda hosil
bo‘ladi. Fizik usullar betonga berilgan zarba to‘lqinlari va ultratovush
impulslarining tarqalishiga asoslangan. Ultratovush portativ asboblari yordamida
betonda bo‘ylama va ko‘ndalang ultratovush to‘lqinlari tarqalishini aniqlash
mumkin. Beton zich va mustahkam bo‘lsa, ultratovush to‘lqinlari tarqalish tezligi
yuqori bo‘ladi. Betonning mustahkamligi “ultratovush tezligi-mustahkamlik”
nomogrammasi yordamida o‘rtacha 10% xatolik bilan aniqlanishi mumkin.
Ultratovush defektoskopi yordamida betondagi darzlar, g‘ovaklar, bo‘shliqlar
aniqlanadi.
Hozirgi kunda lazer nuri tarqatuvchi asboblar yordamida betonning
zichligi, defektlari, namligi va boshqa xususiyatlarini o‘ta tezkorlik bilan aniqlash
mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin