Vermikulit g‘ovak to‘ldirgichi tarkibida suv bo‘lgan slyudalarni kuydirib
olinadi. U boshqa g‘ovak to‘ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi.
SHungizit slanetsli shungit jinslarini kuydirib olinadi. SHungizit yuqori
mustahkamlikka ega va suvli muhitlarga chidamlidir.
Kamporit birinchi marta O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, engil
eriydigan tabiiy toshlarni maydalab so‘ng kuydirib olinadi.
Donador metallurgiya shlaki maxsus granulyatorlarda dona o‘lchamlari 57
mm (10mm) yiriklikda olinadi. SHlakli pemza metallurgiya
shlaklarini tezlikda
sovitish natijasida ko‘pchitib olinadi. SHlakli pemza maydalanadi va elanadi,
olingan g‘ovak shlak mayda va yirik to‘ldirgich sifatida bo‘lishi mumkin. YOqilg‘i
shlaklari toshko‘mir yoqilganda gilsimon aralashmalarning erishi va ko‘pchishi
natijasida hosil bo‘ladi. SHlak maydalanadi, elanadi va tarkibidagi yonmagan
ko‘mir donalari, kul va boshqalar chiqarib yuboriladi. YOqilg‘i
chiqindilari
bo‘lgan shlaklar va kullar antratsit, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va boshqa qattiq
yoqilg‘ilarni yondirilganda hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Qattiq yoqilg‘ilar
yondirilganda hosil bo‘ladigan kullar sement yoki boshqa bog‘lovchilar bilan
aralashtirilib shag‘al holda engil to‘ldiruvchilar tayyorlanishi mumkin.
G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5
mm bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda
bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda
sement
toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish zarur, aks holda olingan mahsulotlar
og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi xususiyati pasayishi mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga
(kg m
3
) binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800,
1000 va 1200.
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat
silindrda ezish usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgs sm
2
)
5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik
sig‘imi, radiatsion gigiena xossalari, zararli aralashmalarning miqdori standart
usullarda doimo aniqlanishi zarur. Engil to‘ldirgichlar
tarkibidagi kislota
qoldiqlari, tuzlar, loyli va changsimon aralashmalar, ba’zi radioaktiv moddalar va
boshqalar standartlarda ruxsat etilgan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi shart.
Dostları ilə paylaş: