Gazbeton quyma va titratish usullarida tayyorlanishi mumkin. Quyma
usulda quruq komponentlar massasiga nisbatan 50-60% suv aralashtirib olingan
harakatchan qorishma qoliplanadi. Gazbeton komponentlarimineral bog‘lovchi,
kvars qumi kukuni va suv dozotorlar yordamida meyorlanib o‘ziyurar
gazbetonqorgichga solinadi va 4-5 minut davomida sinchiklab aralashtiriladi.
Avvaldan tayyorlangan alyuminiy kukunining
suvdagi suspenziyasi
qorishmaga qo‘shiladi va aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan gazbeton qorishmasi metall
qoliplarga massani ko‘pchitib qoliplarni to‘ldirishini hisobga olgan holda quyiladi.
Qoliplardan qisman toshib chiqqan gazbetonni taranglangan sim bilan kesib
tashlanadi. Gaz hosil bo‘lishini tezlashtirish maqsadida isitilgan suvda gazbeton
qorishmasi tayyorlanib 40
0
S haroratda qoliplarga quyiladi. Gazbeton qotishini
tezlashtirish uchun avtoklavda 175-200
0
S haroratda va 0,8-1,3 MPa bosimda
ishlov
beriladi. Portlandsement qisman yoki butunlay havoyi ohak bog‘lovchisi bilan
almashtirilsa avtoklavda issiqlik bilan qayta ishlash zarur bo‘ladi. Gazbeton faqat
ohak bog‘lovchisi asosida olinsa gazsilikatbeton hosil bo‘ladi.
Gazbeton harakatchanligini kamaytirmagan holda suv sarfini 25-30%
kamaytirish
maqsadida
gazbeton
qorishmasi
tayyorlanayotganda
va
qoliplanayotganda titratish usulini qo‘llash mumkin.
Qisqa muddatli titratish gaz hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan
holda gazbeton qorishmasining harakatchanligini oshiradi. Titratish usulida
tayyorlangan gazbetonda gaz hosil bo‘lishi tezlashadi va ko‘pchitish jarayoni 5-7
minut davom etadi, quyma texnologiyada esa ushbu jarayon 15-20 minutni tashkil
etadi. Titratish usulida gazbeton tayyorlanganda 0,5-1,5 soatdan keyin uning
strukturaviy mustahkamligi etarli bo‘ladi. SHu sababli titratish usulida gazbetonni
yirik
qoliplarga quyib, so‘ng bloklar ko‘rinishida kesib olish va avtoklavlarda
issiqlik bilan quyma texnologiyaga nisbatan qisqaroq vaqt mobaynida qayta ishlab
qotirish mumkin.
Avtoklavda issiqlik va bosim ostida ishlov berish serxarajat va texnologik
murakkab jarayon bo‘lgani uchun gazbetonni xona haroratida (20
0
S atrofida)
suvning sarfini kamaytirgan holda sirtaktiv moddalar qo‘shib qotirish
texnologiyasi yaratilgan. Xona haroratida tayyorlangan va qoliplangan
gazbetonning qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi ostida bug‘lash
kifoyadir.
Gazbeton ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun 10-12 m
3
hajmdagi
(balandligi
2
m
gacha)
yirik
bloklarni
quyib,
struktura
mustahkamlikgacha qotirilgach, maxsus stanok yordamida
standart bloklar holida
kesiladi, so‘ng issiqlik bilan qayta ishlanadi.
Gazbeton frezer stanoki yordamida kalibrovkalanadi, yuzasi tekislanib
jilolanadi. Hosil bo‘lgan gazbeton elementlardan armatura o‘tkazilib bir etaj
balandligidagi devorbop panellar yig‘ish mumkin.
Avtoklavda
havoyi ohak, kvars qumi kukuni yoki kul va metallurgiya
shlaklari kukuni asosida gazsilikatbeton tayyorlanadi. Havoyi ohak va kvars qumi
kukuni 1:3 dan 1:4,5 gacha nisbatda massa bo‘yicha olinadi. Bir metr kub
gazsilikatbeton tayyorlash uchun 120-180 kg havoyi ohak bog‘lovchisi sarflanadi.
Gazsilikatbeton ohak va kremnezem o‘rtasida bo‘ladigan kimyoviy reaksiya
natijasida qotishi tufayli faqat avtoklavda qayta ishlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: