Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə99/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Yirik g‘ovakli beton
Yirik g‘ovakli beton tarkibida mayda to‘ldirgich bo‘lmaydi.
Portlandsement va uning boshqa turlari (M300-M400), suv, modifikatsiyalovchi
qo‘shimchalar sinchiklab aralashtirilib, so‘ng chaqiq tosh yoki shag‘al kiritiladi.
Bu turdagi betonning o‘rtacha zichligi 1700-1900 kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti 0,55-0,8 Vt (m
.0
S). 1 m
3
beton tayyorlashda 70-150 kg sement
ishlatilgani uchun mustahkamligi M15-M75 markalarda bo‘ladi. Yirik g‘ovakli
betondan monolit bino va inshootlar qurish katta o‘lchamdagi bloklar tayyorlash
mumkin. Bu konstruksiyalardan havo oqimi o‘tmasligi uchun yirik g‘ovakli beton
ikki tomonidan qurilish qorishmalari bilan suvaladi.
Engil to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, kamporit va boshq.) asosida
tayyorlangan yirik g‘ovakli betonlar o‘rtacha zichligi 500-700 kg m
3
bo‘lib,
issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Yirik g‘ovakli betonlar “Karkas” strukturali betonlar tayyorlashda karkas
vazifasini bajarish mumkin. «Karkas» tipidagi betonlar tayyorlanganda yirik



to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti ( ) 1 ga yaqinlashadi.


Tayyorlangan karkas bir yoki ikkala tomonidan istalgan bog‘lovchi (sement, gips,
polimer va sh.k.) asosida qorishma-matritsa bilan zarur bo‘lgan chuqurlikgacha
to‘ldirilishi mumkin. Bu usulda o‘rtasi g‘ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi
tipdagi, xossalari mukammalashgan engil betonlarni tayyorlash mumkin. Karkas
tipidagi betonlar monolit pollar, yo‘laklar, aerodrom qoplamalari va boshq.
qurilishida ishlatiladi.
YAcheykali betonlar 
YAcheykali engil betonlar bog‘lovchi va kremnezemli komponentlar
aralashmasini g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimcha vositasida ko‘pchitib olingan
kompozitsion qurilish materiallaridir. Qorishmaning bir meyorda ko‘pchishi
natijasida hajm bo‘yicha “yacheykali” struktura hosil bo‘ladi.
YAcheykali beton g‘ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqarish
mumkin. YAcheykali betonlar o‘rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan holda)
issiqlik izolyasiyasi (
o
<500 kg m
3
), konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi (
o
500-
900 kg m
3
) va konstruktiv (
o
900-1200 kg m
3
) guruhlarga bo‘linadi.
Engil beton qorishmasini ikki hil usulda ko‘pchitish mumkin: gaz hosil
qiluvchi komponentlar aralashtirib kimyoviy usulda va alohida tayyorlangan
ko‘pik aralashtirilib mexanik usulda.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin