tayyorlanadi. Gipsbeton tayyorlash jarayonini tezlashtirish uchun qolipdan
echilgan buyumlar quritish kameralarida quritiladi.
Gipsbetonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgichlarning turiga va suvning
sarfiga bog‘liq bo‘lib, 1000-1600 kg m
3
atrofida bo‘ladi.
Gipsbeton siqilishidagi mustahkamligiga ko‘ra M25 va M50 markalarda
bo‘ladi. Gipsbeton asosan bino va inshootlarning
ichki devorlarini qurishda
ishlatilgani sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha talablar
qo‘yilmaydi. Gipsbeton yaxlit va yig‘ma pardadevor ichi bo‘sh plitalar va bloklar
tayyorlashda ishlatiladi.
Plitalar qamish, yog‘och tolalari va xascho‘plari, po‘lat simlar, tekstil
sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytirilishi mumkin.
Armatura sifatida po‘lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash maqsadida
sement-kazeinli, bitumli, polimerli kompozitsiyalar bilan himoyalanishi kerak.
Namlik bo‘lishi ehtimoli bor joylarda gipssementputssolanli bog‘lovchilar asosida
tayyorlangan buyumlar (bloklar, toshlar, katta va kichik panellar) ishlatish
maqsadga muvofiqdir. Bunday betonlar ishlatilgan
bino va inshootlar ichidagi
nisbiy namlik 75% oshmasligi kerak.
Qurilish tizimida gips asosidagi betonlarni ratsional sohada ishlatish
keramik devorbop materiallarga bo‘lgan talabni kamaytiradi va katta miqdorda
energiya va ishchi resurslarni tejaydi.
Dostları ilə paylaş: