Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə104/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 
Avtomobil yo‘llari va aerodrom qoplamalari murakkab atmosfera
sharoitida ishlatiladi. Ular doimo yog‘in-sochin, muzlash va erish ta’sirida bo‘ladi.
Quruq issiq iqlim sharoiti bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yo‘l betonlariga
yuqori haroratdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish ham salbiy ta’sir etadi.
Avtomobil va havo kemalarining harakatidan hosil bo‘ladigan dinamik
kuchlanishlar, zarblar, ishqalanishlar, turli gazlar betonning emirilishini
tezlashtiradi. SHu sababli yo‘l betonlariga zichligi, mustahkamligi, sovuqqa
chidamliligi, edirilishga bardoshligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Yo‘l
betonining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi M300-
M500, egilishdagi mustahkamligi 4-5,5 MPa bo‘lishi kerak. Betonning
sovuqqa chidamliligi /150, /200 va yuqori bo‘lishi shart.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 500 markali portlandsement asosida
tayyorlanadi. Ekspluatatsiya xossalarini yaxshilash uchun sement yoki beton
tarkibiga gidrofob, difil moddalar va superplastifikatorlar kiritish mumkin.
Beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida tozalangan kvars qumlari, yirik
to‘ldirgich sifatida esa granitsimon zich tog‘ jinslaridan chaqib saralangan chaqiq
toshlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.



Yo‘l va aerodrom qoplamalari betonlari beton qorish sexlarida yoki


avtobetonqorgichlarda sinchiklab qoriladi va maxsus beton quyish mashinalari
yordamida quyiladi. Beton issiq-sovuqdan hosil bo‘ladigan deformatsiyalarni
hisobga olib deformatsiya choklari qoldirilib quyilishi kerak. Beton quyilgach
dastlabki kunlarda suvning bug‘lanishini keskin kamaytirish va qoplamaning ob-
havo sharoitiga chidamliligini oshirish maqsadida uning yuzasi maxsus polimer
materiallar (lak etinol, bitum va qatron emulsiyalari, suvda eriydigan polimerlar va
sh.k) bilan himoyalanishi mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin