Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə105/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Olovbardosh beton 
Beton yuqori harorat ta’sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi,
kristallogidratlar va Sa(ON)
2
parchalanadi, yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu holat
betonning buzilishiga sabab bo‘ladi. YUqori haroratda erkin holda hosil bo‘lgan
SaO biriktirish uchun beton tarkibiga nozik kukunlangan kremnezem SiO
2
kiritiladi, natijada 700-900
0
S haroratda nCaO
.
SiO
2
cingari qattiq minerallar hosil
bo‘ladi.
Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar (pemza, shlak,
shamot, kul va sh.k) qo‘shilgan portlandsement, shlakli portlandsement, giltuproqli
sement va kremneftorli natriy qo‘shilgan suyuq shisha asosida tayyorlanadi.
Olovbardosh betonlar ishlatilish haroratiga nisbatan yuqori o‘tga chidamli
(1770
0
S yuqori), o‘tga chidamli (1580-1770
0
S) va past o‘tga chidamli (1580
0
S
past) betonlarga bo‘linadi.
Mineral qo‘shimchali portlandsement va shlakli portlandsement asosida
700
0
S haroratgacha chidaydigan olovbardosh betonlar tayyorlash mumkin.
Ekspluatatsiya harorati 1000
0
S bo‘lganda va kislotali muhitlar ta’sir etishi ehtimoli
bo‘lsa, suyuq shisha asosidagi olovbardosh betonlar ishlatish maqsadga muvofiq.
Giltuproqli sement asosidagi betonlar 1580
0
S dan yuqori haroratga bardosh
beradi. Olovbardosh betonlarni fosfatli va alyumofosfatli bog‘lovchilar asosida
ham olish mumkin. Fosfatli bog‘lovchilar asosidagi betonlar 1700
0
S gacha
ishlatiladi, ular yuqori termik mustahkamlikka, olov ta’sirida kam miqdorda
kirishish va edirilishga bardoshlik xususiyatiga ega.
Olovbardosh beton to‘ldiruvchilari yuqori haroratga va olovdan bir tekis
kengayish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, aks holda tartibsiz ravishda yoriqlar
hosil bo‘lishi mumkin.
Ishchi harorat 700
0
S gacha bo‘lganda kvarssiz vulkanik tog‘ jinslari (sienit,
diorit, diabaz, gabbro) olovbardosh og‘ir betonlar olishda ishlatiladi. /ovak aynan
shunday jinslar (pemza, vulqon tufi, kullar) engil olovbardosh betonlar
tayyorlashda ishlatiladi.



Olovbardosh beton 700-900


0
S haroratda ishlatilsa, to‘ldirgich sifatida oddiy
pishgan g‘isht maydasi va donador domna shlaklari ishlatilishi mumkin. YUqori
haroratda 900
0
S yuqori ishlatiladigan olovbardosh betonga to‘ldirgich sifatida
bo‘laklangan shamot, xromit rudasi, shamot, xrommagnezit kukunlari va boshqalar
qo‘llaniladi.
Keramzit, perlit, vermikulit, vulqon tufi kabi g‘ovak to‘ldirgichlar asosida
700-1000
0
S haroratda ishlatiladigan engil olovbardosh betonlar tayyorladi. Engil
betonning o‘rtacha zichligi 2100 kg m
3
yuqori bo‘lishi kerak. O‘rtacha zichligi
500-1200 kg m
3
bo‘lgan yacheykali olovbardosh betonlar ham
tayyorlanishi mumkin.
Olovbardosh betonlar turiga ko‘ra M100-M250 markalarda bo‘ladi.
Olovbardosh betonlar energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neft va gazni
qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.
Olovbardosh betonlardan sanoat pechlari ichki qoplamalari, domna va
marten pechlari poydevorlari, tutun trubalari va monolit konstruksiyalar
tayyorlanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin