16.4-rasm. Temirbeton balkalar
a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli.
Kran osti to‘sinlari ustiga maxsus po‘lat relslar o‘rnatilib ko‘prik krani
yurishiga mo‘ljallanadi. Tombop to‘sinlar bir va ikki nishabli, ko‘ndalang kesimi
to‘g‘ri burchak, tavr va qo‘shtavr shaklida tayyorlanadi. To‘sinlar ishlab
chiqarishda M400-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlar
ishlatiladi. Ular sterjenli yoki o‘rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan
armaturalanadi. To‘sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (16.4-rasm).
16.5-rasm. YOpmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz (b) temirbeton
fermalar
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo‘lganda
tomlarni ko‘tarib turishga mo‘ljallangan. M400-M600 markali og‘ir va g‘ovak
to‘ldirgich asosidagi engil betondan armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab
chiqariladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli
segment shaklida bo‘lishi mumkin (5-rasm).
Sanoat binolarida ferma konstruksiyalarini ishlatish binoning xususiy
massasini kamaytiradi, beton va metall armaturalarni tejaydi, seysmik
mustahkamlikni ta’minlaydi.
Temirbeton arkalar tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq
bo‘lgan sanoat binolari tomini yopishda ishlatiladi. Arkalar yaxlit yoki
panjarasimon devorli qilib yasaladi va odatda ikkita yarim arkadan yig‘iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni 1,21,5 m
o‘lchamlarda yassi va qobirg‘ali plitalar ko‘rinishida og‘ir, engil va yacheykali
betonlar asosida tayyorlanadi. Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g‘ovak
to‘ldirgichli betonlar, gaz va ko‘pikbetonlar, yirik g‘ovakli betonlar, ikki va uch
qatlamli konstruksiyalar asosida tayyorlanishi mumkin. Plita va panel og‘ir
betondan, o‘rtasiga engil samarali issiqlik izolyasiyasi materiallari qo‘yib, uch
qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida ishlatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida yarim bikr mineral paxta plitalari,
ko‘pikpolimer plitalar, arbolit va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar va panellar jamoat binolari
qurilishida ishlatiladigan konstruksiyalar kabi konstruksiyalar qo‘llaniladi. O‘rta
qator ustunlar qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan sanoat bino va inshootlarda, sport
komplekslari va sh.k. bino tomlarini yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan
foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki yo‘nalish bo‘yicha qobiqlar hosil qilingan
bo‘lib, kuchaytirish maqsadida uzunasi bo‘ylab maxsus qobirg‘achalar muayyan
masofalarda hosil qilinadi. Qobiq konstruksiyaning xususiy massasini kamaytirish
uchun asosiy yopma qismi armotsementdan
(to‘ldirgichsiz) tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: