mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va shishaplastik listlar asosida
tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” Verke LTD firmasi
plastik qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, yuza
tomonini suv yuqtirmaydigan moylar surilgan yog‘och asosida tayyorlash mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi
shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion
tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar yordamida quyiladi.
Betonquygichning turi qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, panellar va sh.k. ushbu buyum enini
qoplaydigan betonquygich mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar
maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi betonquygichlar yordamida
qoliplanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton
zichlashtirish usullari ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash,
shibbalash, sentrifugalash va hokazo. Eng ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli
titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonini zichlashtirishga
imkon beradi.
Qo‘zg‘almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik titratkichlari
vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich maydonchalari va
to‘sinchalari yordamida zichlashtiriladi.
Bikr
va
o‘ta
bikr
beton
qorishmalari
titratish-vakuumlash,
titratishprokatlash va shu kabi aralash usullarda zichlashtiriladi.
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalarni zichlashtirish va qotishini
tezlashtirish usullari
6 bobda batafsil izohlangan.
Dostları ilə paylaş: