Potok-agregat usuli odatda yiliga 60-100 ming m
3
buyum ishlab
chiqaradigan o‘rtacha quvvatdagi temirbeton zavodlarda ishlatiladi.
Konveyer
usulida
temirbeton
buyum
va
konstruksiyalar
taglikaravachalarda belgilangan qat’iy ritmda texnologik potok bo‘ylab
harakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar har bir postda alohidaalohida
bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan operatsiyalarning
davomiyligi bilan belgilanadi.
Konveyer usulida tegishli postlarda zarur bo‘lgan qismlar, yarim
fabrikatlar: armatura karkaslari, beton qorishmasi, pardozlash qorishmalari va
qoplash plitkalari va sh.k. texnologik operatsiyalarni bajarish uchun tayyor holda
bo‘ladi va uzluksizlikni ta’minlaydi. Buyumlarni termik qayta ishlash kameralari
gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat bo‘ladi.
Konveyer usuli katta quvvatli bir xil tiplardagi buyum va konstruksiyalar
ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi.
16.6-rasm. Ikki yarusli prokat stani
Konveyer usuliga ikki yarusli prokat stanini misol qilib keltirish mumkin.
Bu prokat stani (6-rasm) pulsatsiyalanuvchi ritm asosida harakatlanadigan qolip-
vagonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. YUqori yarusda beton
qorishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum va konstruksiyalarni
qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar, pastki yarusda esa tirqish
tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi joylashgan.
Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda markadagi
mustahkamlikning 70% iga erishadi.
Prokat stani 18 minutga teng qat’iy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga
ko‘chirish vaqti 10 minutni tashkil etadi. Qolip-vagonetkalarning
o‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30m soat.
16.7-rasm. Kasseta ustanovkasi
Ikki yarusli stanlarda temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasi
bitta-ikkita nomenklaturadagi mahsulotni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan
bo‘ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to‘sinlar, ustunlar va boshqalar tayyorlanishi
mumkin.
Kasseta usuli stend texnologiyaning bir turi bo‘lib, buyumlar vertikal qolip-
kassetalarda tayyorlanadi.
Qolip-kassetalar yonma-yon joylashgan, metall plastinkalar bilan birbiridan
ajratilgan qoliplardan iborat bo‘ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar
qoliplanadi va issiqlik bilan ishlov beriladi.
Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik
titratkichlar yordamida zichlashtiriladi.
Ular buyumni bug‘ yoki elektr toki bilan isitish uchun moslashtirilgan
maxsus moslamalarga ega bo‘ladi. Kassetalarda buyumga 85-95
0
S haroratda 610
soat davomida issiqlik bilan ishlov beriladi. Issiqlik bilan ishlov berilib, etarli
mustahkamlikka erishgan buyumlar ko‘prik krani vositasida bir oz bo‘shatilgan
qoliplardan chiqarib olinadi. Buyum maxsus transport yoki ko‘prik krani
yordamida tayyor mahsulotlar omborxonasiga olib boriladi.
Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari va plitalari, yopmalar
paneli, zinapoya marshlari va supalari, balkon plitalari va boshqa yassi yuzali
yupqa temirbeton konstruksiyalar tayyorlanadi.
Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining yuqoriligi,
ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya resurslarni kam sarflanishi va
majburiy qat’iy ritmning talab etilmasligi bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: