Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə98/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Engil beton xossalari
Engil beton nazariyasi uning mustahkamligi va beton qorishmasining
chiqish koeffitsientining ( ) suv sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishdan kelib chiqadi. Bu



nazariya N.A.Popov tomonidan belgilangan bo‘lib, koeffitsienti quyidagicha


aniqlanadi:
Vb.k
,
Vs Vm Vy
bu erda: V
b.q.
, V
m
, V
y
-mutanosib ravishda zichlashtirilgan beton qorishmasi,
sement, mayda va yirik to‘ldirgichlarning hajmlari; -doimo birdan kichik son
bo‘lib, odatda 0,6-0,8 teng.
Engil beton mustahkamligi (R) sement markasi, sement-suv nisbati, g‘ovak
to‘ldirgich mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula yordamida
aniqlanishi mumkin:
R AR
s
(S S-v) ,
bu erda: A va v koeffitsientlari og‘ir betonda ishlatiladigan
koeffitsientlardan farq qiladi. G‘ovak to‘ldirgichning mustahkamligi kam bo‘lsa, A
va v koeffitsientlari ham shunchalik kichik bo‘ladi.
Doimiy ishlatilayotgan sement va engil to‘ldirgichlar uchun suv miqdori
optimal miqdorda bo‘lganda, engil beton mustahkamligi asosan sementning
markasi va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:
R KR
s
(S-S
o
) ,
bu erda: K va S
o
-beton namunalarini sinab aniqlanadigan kattaliklardir.
Namunalar tayyorlashda suv miqdori optimal bo‘lib, sement miqdori esa
o‘zgaruvchan bo‘lgan va namunalar bir xil sharoitda qotgan bo‘lishi shart. K-
o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, S
o
-sement sarfi kg bo‘lishi mumkin.
Engil beton tarkibi tajriba-sinash usulida aniqlanadi. Popov N.A. taklif
etgan grafik bo‘yicha to‘ldirgichlarning optimal donador tarkibi tanlanadi, so‘ngra
sementning 3 xil sarfida engil beton qorishmalari tayyorlanadi. Belgilangan beton
harakatchanligiga mos keladigan optimal suv miqdori tanlanadi.
Beton qorishmasidan kub shaklidagi namunalar tayyorlanib zichligi,
mustahkamligini sement sarfiga bog‘liqligi grafiklari quriladi va shu grafiklar
zaminida engil betonning optimal tarkibi aniqlanadi.
Engil betonlarning sifatini mustahkamligi bo‘yicha klasslari va o‘rtacha
zichligi bo‘yicha markalari belgilaydi. Zichlashtirilgan engil beton siqilishdagi
mustahkamlik chegarasiga (MPa) ko‘ra V2,5... V40 klasslarda, cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasiga nisbatan (MPa) V0,8... V3,2 klasslarda bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi betonlari V0,35; V0,75 va V1 klasslarda bo‘ladi.
Engil betonlar klasslarga bo‘linmasdan siqilishdagi mustahkamligiga
(kg sm
2
) nisbatan M35-M500 markalarda bo‘ladi. Engil betonlar quruq xolatda
o‘rtacha zichligiga (kg m
3
) ko‘ra D200... D2000 markalarga bo‘linadi.



YUqori markadagi konstruksion engil betonlar o‘rtacha zichligi 16001800


kg m
3
bo‘lib, ularni tayyorlashda mustahkamligi yuqori engil to‘ldiruvchilar
(to‘kma holatdagi zichligi 600-800 kg m
3
) ishlatiladi. Bu holda mayda g‘ovak
to‘ldiruvchilar qisman yoki butunlay zich to‘ldirgichlar bilan almashtiriladi.
Engil betonlar ishlatilish sohasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
o‘rtacha zichligi 1400-1800 kg m
3
bo‘lgan konstruksion; o‘rtacha zichligi 500-
1400 kg m
3
bo‘lgan konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi; 500 kg m
3
gacha o‘rtacha
zichlikdagi issiqlik izolyasiyasi. Engil betonlarning o‘rtacha zichligini sement toshi
tarkibida yopiq mikrog‘ovaklar hosil qilish usuli bilan kamaytirish mumkin.
Buning uchun engil beton tayyorlash jarayonida ko‘pik yoki gaz hosil qiluvchi
kimyoviy qo‘shimchalar oz miqdorda kiritilishi kifoyadir. Odatda sement toshida
hosil qilingan mikrog‘ovaklar engil betonning mustahkamligini kamaytirmagan
holda zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada kamaytiradi.
Engil
betonlarning
muxim
hossalaridan
biri
ularning
issiqlik
o‘tkazuvchanligi hisoblanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik engil betonning zichligiga
va namligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Engil beton nisbiy namligining 1%
ko‘payishi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientini 0,0160,035 Vt (m
.0
S) oshishiga
olib keladi. Keramzitobeton, agloporitbetonning issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffitsientlari mutanosib ravishda 0,16-0,40 va 0,25-0,48 Vt (m
.0
S) bo‘ladi.
Turarjoy binolarining tashqi devorlariga ishlatiladigan konstruktiv-issiqlik
izolyasiyasi engil betonlari qalinligi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ko‘ra
20 dan 40 smgacha bo‘lishi mumkin. Bunday betonlar tarkibi shunday tanlanishi
kerakki, atmosferadagi namlik meyoridan ortiq ravishda uysozlik panellariga
shimilmasin. Ayniqsa nam tortgan uysozlik konstruksiyalari tarkibidagi suvning
muzlashi ularning issiqlik izolyasiyasi xossalarini keskin yomonlashtiradi.
Engil betonlarning sovuqqa chidamliligi g‘ovakligiga, g‘ovaklikning
strukturasiga va mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi. YOpiq g‘ovakli to‘ldirgichlar
asosidagi engil betonlar ochiq g‘ovakli to‘ldirgichli betonlarga nisbatan sovuqqa,
haroratning keskin o‘zgarishiga chidamli bo‘ladi. Engil betonlar sovuqqa
chidamliligi bo‘yicha /25... /500 markalarda bo‘ladi. Engil betonlarning sovuqqa
chidamliligini zichligini ko‘paytirish gidrofob yoki difil polimer qo‘shimchalar
qo‘shish bilan oshirish mumkin.
Engil betonlarning suv o‘tkazmasligi to‘ldirgichlarning turiga, sementning
miqdoriga, betonni zichlashtirish usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ularning suv
o‘tkazmasligi W0,1...W1,2 bo‘lib, zich konstruktiv engil betonlarda W2 bo‘lishi
mumkin.
YUqori mustahkamlikdagi sovuqqa chidamli engil betonlar asosida
murakkab ob-havo sharoitlarida ishlatiladigan ko‘prik konstruksiyalari, gidrotexnik



inshootlar, yuqori bosimda ishlaydigan temirbeton quvurlar va boshqa


konstruksiyalar tayyorlanadi.
Engil beton qorishmalari og‘ir beton tayyorlanadigan qorgichlarda
tayyorlanishi mumkin. Ammo betonqorgichga engil beton komponentlari biroz
boshqacharoq ketma-ketlikda solinadi. Avval sement suv bilan aralashtirilib, so‘ng
ketma-ket mayda va yirik to‘ldirgichlar qo‘shiladi va sinchiklab aralashtiriladi.
Og‘ir beton qorishmasi singari avval komponentlar quruq holatda aralashtirilib,
keyin suv bilan aralashtirilsa, engil beton tarkibidagi g‘ovak to‘ldirgich suvni
shimib oladi, natijada beton qorishmasini tayyorlash qiyinlashadi.
Engil beton qorishmasini “bo‘lak” (ayirma) texnologiya usulida tayyorlash
maqsadga muvofiqdir. Bu usulga binoan bog‘lovchi, suv va modifikatorlar tez
aylanuvchan rotorli qorgichlarda (400-600 marta min) 40-60 sek davomida
intensiv aralashtiriladi, so‘ng majburiy betonqorgichda to‘ldiruvchilar bilan
aralashtiriladi. “Bo‘lak” usulda engil beton qoirshmasi bir xil strukturada hosil
bo‘ladi va undan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning sifati yuqori bo‘ladi.
Engil betonlarni qoliplash va zichlashtirish og‘ir betonlarni qoliplash usuli
singaridir. Katta yuzali engil beton konstruksiyalarni zichlashtirish jarayonida 20-
50 g sm
2
bosim tushadigan hisobda yuk qo‘yib zichlashtirish samarali bo‘ladi.
CHunki titratib zichlashtirilganda beton yuzasida engil to‘ldirgich donalari bo‘rtib
chiqib notekis yuza va g‘ovak struktura hosil qilishi mumkin. Engil betonlarning
qotishini bug‘lash, turli issiqlik beruvchi vositalar yordamida tezlashtirish
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin