Baraban aylantirilganda kurakchalar komponentlarni ilintirib bir oz
balandlikka ko‘taradi, so‘ngra materiallar pastga tushib aralashadi. Bu prinsipda
ishlaydigan beton qorgichlarning ishchi sig‘imi 100-1500l bo‘ladi. Maxsus
mexanizmlar yordamida barabanning qiyaligi o‘zgartirib turiladi. Ishchi sig‘imi
120 l gacha bo‘lgan betonqorgich ko‘chma, undan katta hajmlari esa qo‘zg‘almas
bo‘ladi.
Erkin tushadigan betonqorgichlarda harakatchan
beton qorishmalari hajmi
500l bo‘lsa 1-1,5 min; hajmi 1200l bo‘lsa 2 min va hajmi 2400l bo‘lsa 2,5-3 min
davomida tayyorlanadi.
Majburan aralashtiradigan betonqorgichlarda bikr beton qorishmalari
tayyorlanadi. Bunday qorgichlar silindrsimon shaklda bo‘lib, markaziy rotor
qismiga kurakchalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor aylantirilganda
kurakchalar beton
qorishmasini majburan aralashtirib bir jinsli massaga aylantiradi. Hosil bo‘lgan
beton qorishmasi silindr tubidagi lyuk orqali tushiriladi.
Harakatchan beton qorishmalarini gorizontal valga o‘rnatilgan kurakchali
va shnekli uzluksiz qorgichlarda tayyorlash mumkin. Bikr beton qorishmalarini esa
qo‘shimcha titratish usulida aralashtirish maqsadga
muvofiq. Uzluksiz betonqorgichlar unumdorligi (30, 60, 120 m
3
soat)
to‘xtab ishlaydigan qorgichlarga nisbatan yuqori bo‘lib, elektroenergiya va mehnat
resurslarini tejaydi.
Beton
qorishmasi
tayyorlaydigan
zavod
va
uzellar
to‘la
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan
komponentlarni qabul qilib
oluvchi, uzatuvchi, zarurat bo‘lganda isituvchi to‘ldirgichlar omborxonasiga,
sement omborxonasiga ega bo‘lishi kerak. Sement va to‘ldirgichlar
transportlar
yordamida
bunkerlarga
solinadi
va
dozatorlar
yordamida
o‘lchab
betonqorgichlarga uzatiladi, suv va turli sirtaktiv qo‘shilmalar alohida tayyorlanib,
so‘ng betonqorgichga nasos yordamida uzatiladi. Beton qorishmasi maromiga
etkazib tayyorlangach maxsus transportlar yordamida iste’molchiga yuboriladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini quruq holda tayyorlab iste’molchiga
yuborish va qurilish ob’ektining o‘zida suv bilan aralashtirish keng tarqalmoqda.
Bu usulda quruq beton qorishmasi maxsus avtobetonqorichlarda iste’molchilarga
etkaziladi. Zamonaviy avtobetonqorgichlar maxsus protsessor yoki kompyuterlar
yordamida boshqariladi va istalgan tarkibdagi va miqdordagi
beton qorishmasini
tayyorlash imkoniyati hosil bo‘ladi.
Beton zavodlarida betonning sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya, remont-
mexanika ustaxonasi va boshqa infrastruktura yaratilishi kerak. Beton zavodi
iste’molchiga yuborayotgan beton qorishmasiga yoki quruq qorishma har bir
Dostları ilə paylaş: