Kirish yosh oilada moslashuv muammosi


O‘ta kuchli axloqiy mas’uliyat



Yüklə 155 Kb.
səhifə6/13
tarix08.05.2023
ölçüsü155 Kb.
#109475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oilaviy munosabatlarda rashk va xiyonat muammos

O‘ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo‘ladi, lekin uning asl xohishistaklari, ehtiyojlari unchalik e’tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o‘ylab, uning yurish-turishi uchun o‘zlarini mas’ul deb his qilgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba’zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, topshiriqlar ham berilaveradi. Masalan, “sen to‘ng‘ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak”, degan ma’noda unga oiladagi kichik a’zolarga yoki kasallikka chalingan oila a’zosini parvarish qilish kabi mas’uliyatli va og‘ir ishlar ham yuklanadi.
Emotsional raddiya – bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o‘ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo‘lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo‘lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo‘lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo‘lsa, vaziyat yanada og‘irlashadi, “sen bo‘lmaganingda…” yoki qiz bolaga qarab: “Sening o‘rningda o‘g‘il bo‘lganda edi...” qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.
Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, “nega bolani yoqtirmaysan?” kabi savollarga aslida uni sevishi, kerakligini ta’kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo‘lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o‘z mehribonligini sun’iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og‘ir botadi.
Qattiqqo‘llik – bir qarashda emotsional rad etishga o‘xshaydi, lekin undan ochiqroq va og‘irroqdir. Qattiqqo‘llik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to‘la befarqlik, uning bor-yo‘qligini go‘yoki sezmaslik kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo‘lsa-da, tezroq katta bo‘lish, o‘zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o‘ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo‘rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o‘rganib boradi.
A. Freyd nazariyasiga ko‘ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo‘lib borib, o‘zida alamni qaysidir bir obyektdan (o‘zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo‘lib o‘sadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada ko‘cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni shunday tarbiyaning qurbonidirlar
Oiladagi shaxslararo munosabatlar, er-xotin va ota-ona hamda bolalar munosabatlari ko‘plab tadqiqotlarning obyekti va predmeti bo‘lgan.
Ma’lumki, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini u yoyeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo‘lib yetishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli v asadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir.
Shu bilan birga oilada farzandlarning o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ham muhim masalalardandir. Bunda har bir bolaning sibling maqomini hisobga olgan maqsadga muvofiq sanaladi.
Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar va opalar ma’nosini bildiradi) – muayyan insonning muayyan oilada tug‘ilishi, jinsi va tug‘ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya’ni aniq ilmiy dalillar yetarli emas. Shunga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do‘stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o‘rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta’sir etishini o‘rganishgan. Empirik ma’lumotlar bunday bog‘liqliklarning to‘rt turi mavjudligini ta’kidlaydi: to‘ng‘ich farzand, o‘rtancha farzand, kenda va yolg‘iz farzand.
Respublikamizning yetakchi psixolog olimlaridan G‘.B.Shoumarovo‘z tadqiqotlari natijalariga tayanib, oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotin munosabatlarida o‘zaro qovushish muhim rol o‘ynaydi deb ko‘rsatadi. U o‘zaro qovushuvlarni shartli ravishda 3 tarkibiy qismga bo‘linishni e’tirof etadi. Ular: 1) biologik qovushuv, 2)psixologik qovushuv, 3)sotsial qovushuv.
Ba’zi hollarda mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar mos kelmasa-da, lekin ular orasidagi hissiyot kuchi, psixologik-pedagogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mustahkamlashga intilish, tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro munosabat maromlari ularning o‘zaro qovushishini, oilaning mustahkamligini ta’minlay oladi.
Kelin-kuyovlarda alturizm (mehr-muhabbat) xudbinlikdan ustun bo‘lsa, har qanday tafovut, kelishmovchilik oilaviy turmush uchun xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, psixologik qovushuvda markaziy o‘rinni shaxs psixologiyasining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan fe’l-atvor va xarakter egallashi alohida ta’kidlanadi.

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin