Barcha o’lchovlar vertikal va gorizantal tekisliklarda o’lchanadi. Umurtqa
pog’anasi orqali o’tib tanani ung va chap qismlarga bo’ladigan vertikal tekislik,
shuningdek, unga nisbatan parallel joylashgan hamma tekisliklar sagital tekisliklar
deb ataladi.
Sagital tekisliklarga nisbatan tik perpendikulyar joylashgan va tananing
oldingi va orqa qismlarga bo’ladigan vertikal tekisliklarga frontal tekisliklar
deyiladi.
Sagital va frontal tekisliklarga nisbatan tik joylashgan hamda tananing
yuqorigi va pastki qismlariga bo’ladigan gorizontal tekisliklar transversal
tekislaiklar deyiladi.
O’lchov olish vaqtida gavda muayan vaziyatni egallashi, ya’ni kishi
zo’riqmasdan to’g’ri to’rishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi bosh,
ko’z, quloq gorizantal chizig’idan chetga og’masligi kullar pastga tushirilgan,
barmoqlar yozilgan tizzalar bukilmagan bo’lishi, tovonlar juftlashtirilgan bo’lishi
va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim.
Antropometrik tekshirishlar vaqtida trusikdan boshqa kiyimlar va poyabzal
yechiladi.
Antropometrik tekshirishlar zamonaviy metodikasining o’ziga xosligi
shundaki, programmalar, o’lchov to’rlari, o’lchash asboblari, o’lchash sharoitlari,
tartib va usullari maksimal darajada unifikasiya qilingan.
O’lchov
belgilari
bosh harflar bilan o’lchanadi va harflar tagiga indekslar yoziladi. Harflar o’lchov
to’riga qarab tanlanadi. Masalan, V - balandlik; D – uzunlik, masofa va ko’ndalang
yoylar; O - to’la aylana; S - yarim aylana; R - rost; Sh - kenglik (eni) , ko’ndalang
yoylar; S - markazlar o’rtasidagi masofa; d - diametrlar, G- chuqurlik
Indekslar o’lchangan joyini anglatada. Masalan: V
k
- ko’krak balandligi;
D
or,uz
- orqaning belgacha uzunligi; O
k
- ko’krak aylanasi; Sh
k
– ko’krak kengligi; S
k
– ko’krak bezlarining uchlari orasidagi masofa va hakoza.
Antropometrik tekshirishlar ommaviy ravishda o’tkaziladigan hollarda
standartlashtirilgan kontakt o’lchash asboblari qo’llaniladi.
Martina sistemasidagi ixcham, metall antropometr bilan balandlik
o’lchanadi. Ko’ndalang va oldingi – ketingi proyeksiya diametrlarini o’lchashda
juft muftali ustki shtangadan shtangenserkul sifatida foydalaniladi.
Katta serkul to’g’ri diametrlarni o’lchashga mo’ljallangan.
Aylanalarni o’lchash va yoysimon ko’ndalang hamda bo’ylama o’lchovlar
uchun santimetrli tasmalar qo’llaniladi.
Tananing massasi medesina muassasalari uchun mo’ljallangan ixcham
torozida tortib aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: