fizologik funksiyalariga halakit bermasligi) kiradi. Gigenik talablar bir muncha
umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z
ichiga oladi; erganomik
talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va
psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi gruppaga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari,
tejamkorlikdan iborat talablar kiradi.
Tejamkorlik
loyhalash
harajatlari,
ishlab
chiqarishni
texnologik,
konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq
harajatlar, shuningdek,
iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi.
Ko’p modeli potoqlarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik
jihatdan
qo’shimcha
talablar
qo’yiladi:
bu
talablar
korxonalarining
unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi.
Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim
detallarining chizmasi-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’riladigan
asosiy maqsad – detallarning shakli va razmerlarini
mumkin qadar aniqroq
belgilash; shunday qilinsa, kiyimning detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan
formasi rassom formasiga mos keladi.
Bu ishning qiyinligi va murakkabligi shundaki faqat tar’ifi, eskizi va
namunasigina berilgan, lekin o’zi yo’q kiyimning chizmasini –
detallarining
yoyilmasini chizishga to’g’ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab,
yoyib bo’lmaydigan sirt hisoblanadi.; shunga ko’ra uning yoyilmasi va hisobi,
ya’ni uni chizish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni
hisoblab chiqarish va
chizmani chizish ancha qiyin.
Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarni
gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin.
1.
Mulyaj metodi.
2.
Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish
3.
Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish.
Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki,
maneken yoki kishi
gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva)
modelning formasiga moslab to’g’nag’ichlar bilan qadab qo’yilib, kiyim
detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir.