Kasbi : iqtisodchi,bankir. Tug’ulgan yili: 1680 (taxminiy ma’lumot ). Tug’ulgan joyi : Bellixeyg,Irlandiya
O’lgan yili : 14 may 1734 yil. O’lgan joyi: London,Angliya
Asosiy asari : « Savdo tabiati haqidagi ocherk».
«Savdo tabiati haqidagi ocherk»
Kitob 1755 yilda Londonda frantsuz
tilida nashr etilgan. Kantillon
o'zining asarida
boylik va uning taqsimoti
haqida fikr yuritadi,
aholi nazariyasi va pul muomalasi nazariyasini batafsil bayon qiladi,
ayniqsa tadbirkorlarning
ustun rolini
ta'kidlaydi.
KAPITALIZM
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida
bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford
universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa
fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit
1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi,
1751 yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’zining 1- «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764 yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gertsog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smitning dunyoqarashini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.