Norma: 0,5-5 % (0,020-0,300 x 109/1)
Eozinofillar
- ikki-,
uch qavat yadro, sitoplazmasida yirik donalar
tutuvchi yirik xujayralar. Xujayra diametri 15 mkm ga yaqin.
Romanovskiy usuli bilan bo‘yalganda donalari to‘q-qizil eozin rangini
oladi yoki ochroq bo‘yaladi (go‘sht rangi).
Agar preparat qaytadan
bo‘yalsa, donalari jigarrang-qizil yoki jigarrang rangni oladi.
Oval yoki poligonal shakldagi spetsifik oksifil granulalar,
argininga boy asosiy oqsil,
hamda gidrolitik fermentlar, neytrofil
lizosomalari kabi peroksidaza va nordon fosfataza (yuza qismida),
esteraza, gistaminaza tutadi.
Eozinofillar asosiy vazifasini qonda emas, to ‘qimalarda o ‘taydi.
Eozinofillar,
boshqa
gurux
leykotsitlari
qatori,
fagotsitoz
xususiyatigi ega, oqsil tabiatli maxsulotlar dezintoksikatsiyasida va
organizmning allergik reaksiyalarida muxim rol o ‘ynaydi.
Eozinofillar gistaminni, gistaminaza
fermenti yordamida nofaol
xolatga o ‘tkazadi. Eozinofillar gistaminni bazofil va semiz xujayralardan
ajralishini tormozlovchi maxsus omil ishlab chiqaradi.
Eozinofillaming gelmintozlarda immunitet rivojlanishiga ta'siri, bu
xujayralarning killer (sitotoksik) effekti bilan bog‘liq, shuning uchun
gelmintozlardagi gipereozinofiliyani organizmning
ximoya reaksiyasi
deb qarash mumkin.
Eozinofiliva -
eozinofillar sonining 5-6 % dan ortishi.
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• turli xil allergik kasalliklar va sindromlarda (bronxial astma,
krapivnitsa, gelmintozlar, qichuvchi dermatitlar, ekzema,
Kvinke
shishida);
• nevroz;
• toksikoz;
• gelmintoz;
• limfogranulematoz;
• surunkali mieloleykozda (bazofiliya xam kuzatiladi);
• revmatizmda;
• ba'zi
antibiotiklar
va
sulfanilamid
preparatlar
bilan
davolanganda;
• sepsis, krupoz pnevmoniya va boshqa
kasalliklardan tuzalish
davrida.
Dostları ilə paylaş: