Neytrofillar qonga bakterial va antitoksik xususiyatli moddalar,
hamda, lixoradka chaqiruvchi, yallig‘lanish jarayonini qo'llovchi
pirogen moddalar ajratishi mumkin.
Neytrofil granulotsitlarda tromboplastin faollikka ega moddalar
topilgan, ular tarkibidagi katepsin va tripsin esa fibrinoliz jarayonlarida
ishtirok etadi.
Normada: yoshlari - umumiy granulalaming 90 %ini tashkil etadi.
Yumaloq
tayoqchalarga
ega.
Neytrofillar
leykotsitlarning
eng
o‘zgaruvchan
guruxi
xisoblanadi.
Neytrofillar
sonining
ortishi
(neytrofilez), leykotsitlar umumiy miqdori ortganda kuzatiladi:
• o‘tkir yoki surunkali leykoz;
• o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari;
tayoqcha yadroli - 1-6 % (0,040-0,300 x l0 9/l)
segment yadroli - 47-72 % (2,0-5,5 x 109/1)
• intoksikatsiyalar;
• shok;
• qon ketishlar;
• miokard infarkti;
• gemolitik krizlar.
Bunday xollarda tayoqcha yadroli neytrofillar ortishi, yetilmagan
granulotsitlar (mielotsitlar, metamielotsitlar) aniqlanishi mumkin
(leykotsitar formulaning chapga siljishi).
Regenerator, degenerator va leykemoid
neytrofillaming
chapga
siljish turlari farqlanadi.
Birinchi xolatda yuqoridagi o‘zgarishlar - tayoqcha yadroli
neytrofillar ortishi, leykotsitoz fonida yosh shakl (metamielotsitov) larini
paydo bo'lishi kuzatiladi.
Degenerator
siljishda leykotsitoz kuzatilmaydi, neytrofilida
degenerativ o'zgarish bilan tayoqcha yadroli neytrofillar ortishi
aniqlanadi (sitoplazma vakuolizatsiyasi, yadro piktozi va x.k).
Regenerator
siljish organizmning ximoya reaksiyasi faol ekanligidan
dalolat beradi, degenerator esa - bu xususiyat yo‘qligidan. Regenerator
siljish, yallig‘lanish jarayoni yoki nekroz o‘chog‘i bor bo'lsa, ko‘proq
uchrashi aniqlangan.
Leykotsitoz bilan, promielotsitlar va
xattoki mieloblastlargacha
keskin siljish
leykemoid
reaksiya deyiladi. Odatda, organizm umumiy
25
qarshiligi yuqori bo‘lgan xolatda, og‘ir infeksion jarayon kuzatilsa
(sepsis, peritonit, tuberkulez), xamda suyak ko‘migiga metastaz bergan
xavfli o‘smalarda aniqlanadi.
Leykogramma o‘ngga siljiganda 5-8 segmentli yetilgan shakllar
ustunlik qiladi. 20 % sog'lom odamlarda xam o'ngga
siljish uchrab
turadi. Infeksion kasalliklarda o‘ngga siljish kasallikning yaxshi sifatli
kechayotganidan dalolat beradi. Gipersegmentatsiya va tayoqcha yadroli
neytrofillaming kamayishi pemitsioz anemiyada xam kuzatilishi
mumkin.
Emotsional zo'riqishlarda, ovqat iste'mol qilgandan so‘ng,
gormonlar
yuborilganda
(katexolaminov,
glyukokortikosteroidlar
va,boshqalar.) qayta taqsimlanish leykotsitozi kuzatiladi, chunki
neytrofillar devor oldi (marginal) pulpadan, markazga yo‘naladi.
Neytropeniya
- neytrofillar sonining 1,8 x 109/1 dan kamayishi.
Neytropeniyaning qay darajada namoyon bo'lishi irqqa bogiiq bo‘lishi
mumkin: oq tanlilarda neytrofillaming 1,8 x 109/1 dan kamayishi, qora
tanlilarda esa 1,4 x 109/1 dan kamayishi neytropeniya deyiladi.
Neytrofillar sonining kamayishi -
absolyut neytropeniya
—
kuzatiladi:
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytimvchi
bir qator mikrob
(qorin tifi, malyariya, tuberkulez, brutsellez, salmonellez, leyshmanioz
qo‘zg‘atuvchisi va x.k.) va virus toksinlari (gepatit, qizamiq, gripp,
qizilcha, suvchechak, OIT) ta'sirida;
• suyak
ko‘migi
funksiyasini
kamaytimvchi
ionizirlovchi
radiatsiya ta'sirida;
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytimvchi
qator dori vositalari
ta'sirida (sulfanilamidlar, analgetiklar, talvasaga qarshi, antitireoidlar,
sitostatiklar
• revmatoid artrit, sistemali qizil yugurikda;
• aplastik va V12-tanqislik anemiyalar, agranulotsitozda;
• gipersplenizmda;
• nasliy shakllarida (Kostman sindromi, siklik neytropeniya ).
Alkogolizm, diabet, og‘ir shok xolati ham neytropeniya
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: