Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolini o’rganishning metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix08.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#142043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli

 
 
1-rasm. Ko’chmas mulkni tasniflash
2
 
 
Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va 
xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va 
ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi 
mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining 
o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, 
ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, 
shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi. 
Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
3
2
Балабанов И. Т. Операции с недвижимостью в России. – М.: Финансы и статистика, 1996. 10 с.
Yer jismoniy obyekt 
sifatida va tarkibi: 
– yer uchastkalari
– yer osti uchastkalari 
– suv xavzalari 
– o’rmonlar 
– ko’p yillik ekinlar
– binolar
– qurilmalar 
Ko’chmas mulk 
Davlat registratsiyasidan o’tish 
majburiyligi:
– yer uchastkalari
– yer osti uchastkalari 
– suv xavzalari 
– o’rmonlar 
– ko’p yillik ekinlar
– binolar
– qurilmalar 
- dengiz kemalari 
– havo kemalari 
– ichki suzish kemalari 
– kosmik obyektlar 



-fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga 
egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish
-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va 
sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi; 
-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda 
jinoyatchilardan himoyalash; 
-talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan 
bahoning erkin belgilanishini ta’minlash; 
-ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi 
investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish; 
-ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik 
darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish: 
-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona 
soliqqa tortish; 
-mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni 
yaratish. 
Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari: 
1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy 
va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar) 
munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash. 
2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk 
bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq 
ma’lumotlardan foydalanish. 
3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar 
loyihalarini ommaviy muhokama qilish. 
4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va 
qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.
3
Yodgorov V.U., Mirjalilova D.SH. Ko’chmas mulkdan foydalanishni tashkil etish va boshqarish. O’quv 
qo’llanma.-T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2014. -200 b. 



5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar 
ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak. 
6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli 
regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi. 
7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va 
tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi. 
8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar, 
yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha 
tadbirlarni qo’llash. 
9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va 
professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.
10. 
Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni 
zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali 
foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer 
to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion 
to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va 
asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur. 
11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik 
qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy 
hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi. 
12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat 
ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.
13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va 
nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati 
bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak. 
14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan 
bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga 
muvofiq ravishda bo’linadi. 



15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk 
obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan 
holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash. 
Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, 
keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion 
motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa 
belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy, 
iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi. 
Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining 
umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi 
parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 
1. Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralar va 
xonalar). 
2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor 
binolari, mehmonxonalar, restoranlar). 
3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar). 
4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar 
yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish 
zonalari). 
5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha 
chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona 
va boshqalar). 
Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: S-
ko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas 
mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ 
tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri 
bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga 
nisbatan qisqartirilgan modeldir. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun 
ixtisoslashgan model sifatida qaraladi. 


10 
S
S
H
H
R
NR
DR
A
A

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin