kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ko’chmas mulk bozorining
iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolining mazmun-mohiyati hozirgi kundagi
sharoitda to’liqligicha ochib berilmagan, unga oid nazariy qarashlar va bilimlar
o’rganilib
mukammal
darajada
tizimlashtirilmagan,
tegishli
xulosalar
shakllantirilmagan. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
ko’chmas mulk bozoriga o’z ta’sirini ko’rsatishi ushbu masalalarni kengroq va
chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.
Rеspublikamizda shakllantirilib kеlayotgan ko’chmas mulk bozorida hamda
ko’chmas mulk obyektlari ishtirok etadigan barcha iqtisodiy jarayonlarda
obyektlarni baholash va rieltorlik bilan bog’liq faoliyatni tashkil etish va uni
respublikamizda iqtisodiyotning turli sohalari xususiyatidan kelib chiqqan holda
takomillashtirish hozirgi kunning o’ta dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.
Shu sababli, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahondagi ko’plab rivojlangan
mamlakatar iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazayotgan, hamda ko’chmas mulk
bozorida murakkab va o’zgaruvchan sharoitni yuzaga keltirib turgan hozirgi
kunda O’zbekiston sharoitida ko’chmas mulk qiymatini baholashning uslubiy
asoslarini o’rganish, baholash va rieltorlik faoliyatlari bilan bog’liq jarayonlarni
takomillashtirish respublikamizda erkin bozor infrastrukturasini rivojlantirishda
o’ta dolzarb muammo hisoblanadi.
Jumladan, ko’chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyati xizmat turlarini amalga
oshirish huquqi bеrilgan, litsеnziyaga ega rieltorlik tashkilotlar soni jami 246 tani
tashkil etadi. Shundan, 26 ta litsеnziya bеkor qilingan. Amalda 220 ta litsеnziya
mavjud.
Bundan tashqari yil sayin ko’chmas mulk bozorining hajmi yildan-yilga
kengayib bormoqda, ya’ni ko’chmas mulkka bo’lgan talab ortib bormoqda.
Natijada, ko’chmas mulk bozorini o’rganish dolzarb masalaga aylanmoqda.