933
www.
kokanduni.uz
TA'LIMDAGI KORRUPSIYA
Ilyosjonov Shahboz
Qo
‘
qon universiteti talabasi,
Sanobar Asilova
Qo
‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘
qituvchisi
Annotatsiya:
Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomilla
shtirish, uning sifati hamda
samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy
-texnika bazasini mustahkamlash
borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul
jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga
ham astoydil kirishilgan. Poraxo‘rlikka qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks
chora-
tadbirlarga qaramay, “o‘qishga kiritib qo‘yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu
orqali mo‘may pul i
shlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Afsuski,
“Farzandim diplom olsa bo‘ldi, u yog‘i bir gap bo‘lar” qabilida ish tutadigan, farzandining
qobiliyati, bilimi va salohiyati yetarlimi yoki yo‘q, bunga ikkinchi darajali masala sifatida
qaraydigan ota-
onalar ham yo‘q emas. Ochig‘i, ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi
korrupsiyaning eng og‘riqli nuqtasi bo‘lib keldi.
Dostları ilə paylaş: