Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
2.
Saltanatning ustunlarini tashkil etgan o’n ikki tabaqa va toifadagilar bilan bamaslahat 
ish ko’rish, siyosatini yurgizish.
3.
Maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyor-
ehtiyotkor bo’lish.
4.
Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqarish. 
5.
Amir va sipohioylar bilan yaxshi munosabatda bo’lish, ularga izzat va hurmat 
ko’rsatish, martaba va unvonlarini hurmat qi
lish. 
6.
Adolat va insof bilan siyosat yurgizish. 
7.
Sayyidlar, ulomo-yu mashoyixlar, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni izzat-
hurmat qilish. Fan va ma’danyatga homiylik qilish
8.
Biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo’lsa, unga butun vujudi bilan kir
ishish va 
uni oxiriga yetkazish. 
9.
Roiyat (oddiy xalq) ahvolidan doimo ogoh bo’lish.
10.
Turk, tojik, arabu ajamlarning turli toifalariga do’stona munosabatda bo’lish.
11.
Barcha qarindosh-
urug’ bilan martabasidan qat’iy nazar yaxshi munosabatda bo’lish.
12.
Sipohiyla
rga, qo’shinga e’tiborli bo’lish
Amir Temur davri diplamatiyasini o’rganish milliy davlatchiligimiz tarixi va moxiyatini 
yanada kengroq tushinishimizga katta ahamiyat kasb etadi. Manbalar Amir Temur 
diplomatiyasida tinchlik, o’zaro hurmat raqibga shafqa
t qilishi va unga katta imkon yaratish, 
har qanday og’ir sharoitda ham elchilikni qadrlash, diplamatik qoidalarga qat’iy amal qilish, 
inson hayoti daxlsizligi, gumanizm g’oyalari ustivor bo’lishini ko’rsatadi. B.S. Mannonov ham: 
“Amir Temur diplamatiyasini
ng 
o’ziga xos tomonlaridan biri, u uzining barcha murojatlarida, 
hatto qat’iy talab shaklida, yozilgan nomalarda ham Sharq diplamatiyasi etiqodlariga rioya 
qiladi. Sohibqiron Amir Temur diplamatik munosabatlarda tashabus ko’rsatib, xalqaro 
aloqalarni rivojlantirishga intilgan. Tenglik, raqibiga yon bosish, hurmatlilik kabi fazilatlar 
uning diplamatiyasiga xos xususiyatlar edi. Sohibqiron diplamatiyasida mardlik va jasorat bir-
birini to’ldiruvchi asosiy arqonlardan edi. Demak, Sohibqiron Amir Temur diplamati
k y
o’lda 
mafkuralar, dinlar, xalqlarning talab-etiqodlarini hisobga olib, ularning uzoro hurmat 
saqlashi, miliy hamda diniy jihatdan beobro’ qilmaslik tarafdori bo’lgan. Sohibqiron bugungi 
kunda glabalashuvda muhim hisoblangan intergasiyaning dastlabki darakchilari. U 
To’xtamish, Barquq, Boyazid va boshqa yirik diplamatiyalardan farqli o’laroq, bir dinni 
boshqa dinga, mafkurani o’zga mafkuraga qarshi qo’ymay, har qanday ziddiyatning ijobiy 
yechimini topishga intilgan. Sohibqiron Amir Temur o’z zamonasining 
talab ehtiyojlaridan 
kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlat 
tarkibiy tuzilishi harbiy-
siyosiy tartiblarga asoslangan bo’lsa
-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy 
tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash naz
arda tutilgan edi. Sohibqiron davlat boshqaruv 
ishlarida islom qonun-
qoidalariga asoslangan. Uning Qur’oni karim va Hadisi shariflarga 
munosabati samimiy va oliy darajada bo’lgan. Payg’ambar avlodlari, shayxul
-mashoyixlarga 
hurmati cheksiz edi. Davlatni kuchaytirishda ham aynan shunday kishilarga tayanib ish 
yuritgan. Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl 6 va 
Genrix 4 nomlariga maktublar yo’llaydi. Elchilar Parijga 1403
-yil may oyida yetib boradilar. 
Fransiya qiroli Karl 6 1403-yil 15-
iyunda Amir Temurga yo’llagan javob xatida ma’lum 
bo’lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. 


78

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin