www. kokanduni.uz tadbirkorlikning 90 foizdan ziyodroq qismi tadbirko
r ayollar hissasiga to‘g‘ri kelib, mustaqil
ravishda faoliyat yuritayotgan jami bandlarning ¼ qismi ushbu sohada band hisoblanadi.
Vengriya va Polsha mamlakatlarida 1990 yillardan boshlab kichik biznes sohasida ayollar
tadbirkorligi faoliyatining rivojlani
shi oilaviy tadbirkorlik sifatida o‘z aksini topib, bugungi
kunda ushbu sohada mehnatga layoqatli aholining 60-70 foizi band hisoblanadi. Tahlillar
shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollar tadbi
rkorligi faoliyatini rivojlantirish mamlakatlarning
ijtimoiyiqtisodiy riv
ojlanish ko‘rsatkichlarini barqarorligini ta’minlashga sezilarli darajada
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning o‘z biznes faoliyatini
yuritayotgan qismi Ruminiyada
–
45 foizni, Polshada
–
27 foizni, Sloveniyada
–
16 foizni va
Bolgariyada
–
11 foizni tashkil etadi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan
dasturlar Fransiya, Germaniya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham amal qilgan holda, ushbu
mamlak
atlarda ham ayollar tadbirkorligi faoliyati ko‘proq kichik biznes sohasid
a oilaviy
tadbirkorlik shaklida o‘z aksini topadi.
Bugungi kunda jahonda AQSh iqtisodiyoti ham bozor iqtisodiyoti sharoitida ayollar
tadbirkorligini rivojlantirishda yetakchilik qilmoqda. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda
ayollar tadbirkorligini rivojl
antirishning AQSh tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb
etadi. 1988 yilda mamlakatda ayollarga tadbirkorlik yuritish huquqini berishning qonuniy
asoslari ishlab chiqilgan. Shu bil
an bir qatorda, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab
-
quvvatlash maqsadida AQSh Kongressi qoshida Kichik tadbirkor ayollar Seksiyasi tashkil
etilgan. Ushbu Seksiya o‘z faoliyati davomida tadbirkor ayollarni qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan turli davlat dasturlarini ishlab chiqqan. Jumladan, ayollarga tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish va uni boshqarish bo‘yicha ta’lim berish markazlari, Ayollar biznes markazlari
faoliyatini tashkil etish, tadbirkor ayollarga o‘z faoliyatiga turli konsultativ
xizmatlar
ko‘rsatish bo‘yicha markazlarni tashkil etilishi shular jumlasi
dan.
Respublikamizda ham ayollar tadbirkorlikgini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirilmoqda. 2021 yil 5-mart kuni
tadbirkor ayollarga ko‘maklashish
maqsadida Pr
ezident “Xotin
-
qizlarni qo‘llab
-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol
ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
5020-sonli qarorni qabul qildi.
Xotin-
qizlarni va oilani qo‘llab
-quvvatlash davlat maq
sadli jamg‘armasi
Xotin-qizlarni
qo‘llab
-
quvvatlash davlat maqsadli jamg‘
armasi sifatida qayta tashkil etilib, har yili
jamg‘armaga Davlat budjeti 300 milliard so‘mgacha mablag‘lari ajratilishi belgilandi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yis
h uchun ayollarga quyidagi shartlarda
kreditlar ajratiladi: Muddati: 3 yilgacha; Imtiyozli davr: 6 oyga qadar; Miqdor: BHMning 150
baravarigacha
(36 mln 750 ming so‘mgacha) Foiz stavkasi:
markaziy bankning asosiy
stavkasida berilmoqda.
Biroq, respublikamizda ayollarning tadbirkorlik qilishi uchun shart-sharoit va
me’yoriy
xuquqiy bazalar yaratilishiga qaramay, ularning doimiy ravishda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xotin qizlarni raqamli biznes
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o‘z o‘zini bandligini ta’minlash, oilaviy
tadbirkorlikka, hunarmandchilikka, kasanachilikka va boshqa yo‘nalishlariga ko‘mak berish
kerak[3].