www. kokanduni.uz “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha
huquqlarini kafolatlar ekan, “barcha huquqlar –
barcha bolalarga” tamoyili e’tirof etiladi.
Inklyuzi
v ta’limni amaliyotga o‘ziga xos tarzda joriy qilish uchun pedogogik, tashkiliy
va
usuliy ishlar zarur. Maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim sharoitida o‘qitilishi ularning
o‘ziga xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tib
orga olgan holda
tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning yoshlari bir xil bo‘lsa
-da, lekin
ular bir-
birlariga o‘xshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik, shaxs
xususiyatlari, idrok qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega
bo‘lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv
sinflardagi o‘quv
-tarbiya jarayonini tashkil etish
masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda
o‘qituvchi bolalarning imkoniyatini e’tibor
ga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa,
bolalarning nogironligi bi
lim olishiga ta’sir qilish va qiyinchiliklarni bartaraf etishning
samarali yo‘llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to‘la yo‘lga qo‘ya olsa, nogiron
bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayonining muvaffaqiyatli kechishiga
erishis
h mumkin. Har bir bola o‘z imkoniyat darajasida rivojlanadi. Atoqli psixolog olim
L.S.Vigotskiy aytganidek: «Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom
etadi».
Inklyuziv ta’limning joriy etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni
talab etadi.
«Umumta’lim» va «Maxsus ta’lim» o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak.
Inklyuziv ta’lim (inglizcha “inclusion
-
uyg‘unlashgan, jalb qilingan”) “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunda “barcha o‘quvchilar uchun maxsus o‘
quv ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda ta’lim olish imkoniyatini teng ravishda
ta
’minlash” deb belgilangan.
Inklyuziv ta’lim haqida gapirganda, ta’lim ehtiyojla
rining turli-
tuman yo‘nalishlariga
alohida urg‘u ber
ish zarur.
Shu bilan birga, psixofiziologik rivojlanishida alohida
xususiyatlarga va sog‘lig‘ining imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitishga alohida e`tibor va
tadqiq etish lozim.
Pedagog tomonidan t
a’limjarayonida innovatsion xarakterga ega turli fao
l metodlarning
qo‘llanilishi imkoniyati cheklangan bolalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga
xizmat qiladi.
Xususan:
➢
muammoli izlanish;
➢
kichik tadqiqotlarni olib borish;
➢
debat;
➢
bahs-munozara;
➢
evristik suhbat;
➢
kichik guruhlarda ishlash va b.
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining imkoniyati
cheklangan bolalar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira
oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatg
a ega bo‘lishini ta`minlashga
alohida e`tibor qaratishlari zarur.
Inklyuziv ta’lim
jarayonida pedagoglar tomonidan:
➢
turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;
➢
o‘quv topshiriqla
rini bajarishda imkoniyati cheklangan bolalarga usullarni mustaqil
tanlash imkonini berish;
➢
imkoniyati cheklangan bolani juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini
ta`minlash;
➢
mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e`tiborning qaratilishi nafaqa
t o
‘qitish sifatini
yaxshilayi, samaradorligini oshiradi.