www. kokanduni.uz madaniyati, urf-
odatlari hamda pazandachilik an’analarini namoy
ish etishi uchun
sharoitlar yaratilayotgani barchamizni behad quvontirdi. Bu juda katta imkoniyat va ayni
paytda yuksak mas’uliyatdir. SHu orqali xalqimiz tu
rli millatlarga mansub madaniyatlar
haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Ayni paytda milliy madan
iy markazlarga amaliy hamda metodik yordam ko‘rsatib,
ularning tashabbuslarini qo‘llab
-
quvvatlab, millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar,
fuqarolar o
ngida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, “O‘zbekiston —
umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha joylarda turli anjumanlar,
uchrashuvlar, festivallar o‘tkazmoqdamiz. Ularda milliy madaniy markazlar vakillari faol
qatnashayotir. O
‘z navbatida, muqaddas zaminimizda turli millat hamda elatlar
vakillarining an’ana va urf
-odatlarini rivojlantirishi, milliy hamda diniy bayramlarini
emin-erkin nishonlashi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bularning barchasi
o‘zaro hamjihatlikni yanada ta’minlashga xizmat qilayapti.
—
O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, yaqin do‘st hamda
qo‘shni sifatida yashab kelgan. Tariximiz, madaniy va diniy qadriyatlarimiz, an’anayu
urf-odatlarimiz mushtarak,
—
deydi O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi Rahmatulla Jabborov.
—
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodas
i hamda sa’y
-harakatlari natijasida
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi
qo‘shnichilik munosabatlari yanada must
ahkamlandi. Hukumatlar hamda hududlar
darajasida delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilayotgani ulkan samaralar berayotir.
CHegaralardagi nazorat-
o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanishi natijasida aholi
emin-erkin harakatlanishi uchun engilliklar yaratilayapti. Bundan hamma behad
xursand.
Bugungi kunda respublikamizda qirg‘iz millatiga mansub
300 ming nafardan ziyod
aholi istiqomat qilmoqda. SHuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, ularning har biri
O‘zbekistonni o‘z Vatani, uning rivojiga hissa qo‘shishni esa muqaddas burchi, deb biladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari yaxlit
holda O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Ular bir
-
birlari bilan hamjihat bo‘lib, yurtimiz
ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqdalar. Zero, bag‘rikenglik tinchlikning bosh
mezoni bo‘lsa, tinchlik yuksak taraqqiyot garovidir.
Bolalar tarbiyasida tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda xalq tarbiyaning bir
butun, yaxlit tizimini yaratdi. Bunda o’git
-nasihatning ahamiyati kattaligi
ta’kidlangan.
Bu metod asosida tarbiyalashda xalq maqollaridan o’rinli foydalanilgan. Qadr
-qimmat,
burch va ma’suliyatni his etish halollik va rostgo’ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega
bo’lish lozimligi pand
-
nasihat vositasida uqtirilgan. O’git
-nasihat
ertaklarda ham ko’p
qo’llanilgan. CHunki ertaklar hayot maktabi bo’lib, ularda pand
-nasihatning natijasi,
echimi o’zini namoyon etadi. O’zbek xalqining milliy qadriyatlarida namuna ko’rsatish
metodi ham ko’p qo’llaniladi. «Ravshanxon» dostonida ham ota, ka
mpir, aka-ukalarda
barcha ijobiy xislatlar mavjud bo’lib, insonparvarlik namunasini ko’rishimiz mum
kin.
Xulosa o‘rnida, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va
qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti o
ldiga
qo’yilgan muhim vazifalardandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va
qobiliyatlari -
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda
to’tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilg
an
o’zaro amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi.