423
www.
kokanduni.uz
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MILLIY
-
MADANIY AN’ANALAR
QADRIYATINI OSHIRISH
Mirzakarimova Moxlaroy Zohidjon qizi,
Tursunоvа Gullоlа Аzimjоn qizi,
Qо`qоn Universiteti Mаktаbgаchа tа`lim
(sirtqi) yо`nаlishi talabasi
Imоmоvа Nоzimаxоn Аvаzxоnоvnа
Qо`qоn Universiteti Ta’lim kafedrasi
fаlsаfа fаnlаr dоktоri (PhD)
Annotatsiya
:Ushbu bitiruv malakaviy ishida xalqimizda bolalarga qadr-qimmat,
burch va ma’suliyatni his etish halollik va rostgo’ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega
bo’lish lo
zimligi qadim-qadimdan pand-
nasihat vositasida uqtirilgan bo’lib, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida maktabgacha
yoshdagi bolalarni milliy madaniy an’analar
qadriyatlar asosida tarbiyalash va boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos
xususiyatlari mazmuni hamda oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy
tarbiyalashning shakl, usul va yo’llari xususida so’z yuritiladi.
Kаlit sо`zlаr:
milliy qadriyat, madaniy-
tarixiy meros, ma’naviy tarbiyalash,
vatanparvarlik hissi, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini saqlash, qon
-qardoshlik,
ma’naviy yaqinlik, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi, xalq og’zaki
ijodi, milliy
qadriyatlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, tarbiya.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda
rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatiga
bog’liq.
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun
umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida shunday dedi: "Bugungi
dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2
milliard kishini tashkil etmoqda.Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz
qanday inson bo’lib kamolga etishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz
- yoshlarning
o’z salohiyati
ni namoyon qilis
hi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g’oyasi
"virusi" tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo’llab
-
quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko’p tomonlama
hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb
hisoblaymiz. O’zbek xalqining asriy an’analari,
jumladan, tarbiya sohasidagi an’analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog’liq.
Yoshi kattalarga salom berish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni
avaylash, ilm olish v
a kasb o’rganishga da’vat, halol mehnat qilishga chaqirish, qo’shnilar
bilan xushmuomala bo’lish kabi an’analar ozbeklar oilalarida, ularning dinga
munosabatlaridan qat’iy nazar, yoshlarga singdirib kelingan. Yoshlar tarbiyasida islom
ma’rifatining muhim o’rnini e’tiborga
olib, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev 2017-2018-
yillarda qator g’oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Termizda
Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazi va Tos
hkentda O’zbekistondagi Islom
sivilizatsiyasi markazini tashkil qilish to’g’risida davlat rahbari va Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy-
ma’rifiy meroslarmi o’rganishdan tashqari, ush
bu muassasalarning asosiy vazifasi
yoshlarni buyuk va shonli o’tmishga hurmat hamda iftixor bilan qarash, ulug’ ajdodlarga
munosib avlod bo’lishga, ilm va ma’rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.
|