420
www.
kokanduni.uz
INKLUZIV TA’LIM JARAYONIDA AQLI ZAIF BOLALARGA MATEMATIKA O‘QITISH
VAZIFALARINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
M.Abdullayeva
Qo’qon universiteti
talabasi,
N.Q.Аbidova
Qo’qon
universiteti dotsenti
Pedagogika fanlari
bo’
yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Maqolada
Inklyuziv ta’limga bo‘lg
an ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus
ehtiyojli bolalar uchun imkoniyatlar haqida yoritilgan. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan
bolalarga nisbatan yanglish fikr va munosabatlar bildirilgan.
Integratsiyalashgan ta’lim ha
qida
ma’lumot berilgan.
Kalit
so‘zlar:
Inklyuziv, integratsiya, reabilitatsiya, funksional, huquq, uzviylik, fikr,
dialektik, uzviylik
Mustaqilligimiz poydevorini mustaxkamlash hamda O‘zbekistonni buyuk davlatga
aylantirishda ta’lim
-tarbiya ishlarini oqil
ona yo‘lga qo‘yish, yoshlarni zamonaviy
ilm-fan,
madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish
muxim axamiyatga ega. Zero, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk, irodasi baquvvat,
iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, muayyan kasb-
xunarga ega bo‘l
gan yuksak saloxiyatli
kishilar xal etadi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab
-quvvatlash, ularga sifatli
ta’lim
-
tarbiya berish, me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari singari o‘z qobiliyati
va
imkoniyatlaridan foydalana oladigan inson qilib voyaga yetkazish, ularning jamiyatga erta,
samarali va muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta’minlash dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri
–
bu alohida ehtiyojli bolalarga
g‘amxo‘rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim
olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan
ravna
qini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor y
oshlarning aqliy, ahloqiy, jismoniy
barkamoligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti. Birinchi
Yurtboshimiz aytganlaridek, “Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni
tarbiyalab yetishtirishga intilishi bizn
ing milliy xususiyatimizdir. Farzandlari sog‘lom yurt,
qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”.
[1]
Sog‘lom avlodni barkamol
shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda ma’suliyatli vazifa, shu bilan
birga insonparvar siyosat
natijasidir. O
‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
aytganlaridek: «
Biz
jamiyatimizdagi quyi pog‘onadagi tartib, intizom va
mas’uliyatni mutlaqo
o‘zgartirmoqchimiz. Eng zaif tomonimiz
-
yoshlar bilan shug‘ullanmaya
pmiz. Buni
gapirish oson, endi shug‘ullantiradigan tizim joriy etishimiz kerak. Mas’uliyatli
odamlarni shu lavozimlarga qo‘yishimiz kerak
.[2] Hayotimizni hal etuvchi muhim
masalalar qatorida ta’lim
-
tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon tala
bi
darajasiga ko‘tarish, barkamol avlod
kelajagiga ham daxldor qonun loyixalari mavjud.
Millatning alohida himoyaga muhtoj nogiron shaxslarga bo‘lgan munosabati jamiyatning
ma’naviy va axloqiy ko‘rsatkichlarida ifodalanadi.”Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning
23-bandi
jismoniy yoki ruhiy rivojlanish
ida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni
tarbiyalash, da’volash, reablitatsiya qilish uchun ixtisoslashtirilgan yoki umumta’lim
muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarning yoki boshqa qonuniy
vakillarning roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosalariga binoan
|