Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə506/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
parchalar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu asardan parcha boshlang‘ich sinf 
“Tarbiya” darsliklarining muqovasida uchraydi, holos. Bu haqida prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr kun
i o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan 
nutqida alohida to‘xtalib o‘tgan: “
Hammamizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv 
davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni 
turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mus
taqil fikriga ega, irodali, fidoyi va 
vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
 
Shu sababli biz birinchi marta umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etmoqdamiz. 
Ma’rifatparvar 
bobomiz Abdulla Avloniyn
ing asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy 
Guliston yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo‘llanmasi sifatida bugungi kunda 
ham o‘zining qadri va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini
ishlab chiqishda mana s
hunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”[2,4].
Sharq ta’lim
-
tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq
-odob qoidalari islomiy prinsiplarga 
asoslangan, ta’limiy
-
axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy 
zaminga bog‘liqdir. Shunday qimmatbaho asarlar ta’sirida yozilgan “Turkiy Guliston yoxud 
axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola 
tarbiyasining o‘rni haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi yoshlig
ida nafsi buzulib, tarbiyasiz, 
axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, Ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub 
yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur”,[3,2]
 

deydi. Uning fikricha bolalarga tarbiya berishni 
yoshlikdan boshlamoq kerak. Tarbiya jarayonida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning 
atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. Abdulla Avloniy pedagogikaga “Pedagogiya”, 
ya’ni “bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani 
yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hamma b
irdek mas’ulyat bilan yondashishi kerakligini 
uqtiradi. “
Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh 
vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab 
o‘sdurmakdur
. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo 
qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan
“poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur”[3,3]
degan fikrlari bilan 
tarbiya qiluvchila
rni ya’ni, ota
-
ona, muallimlar, tarbiyachilarni tabiblarga o‘xshatadi .
“Alhosil, 
tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat 
masalasidur”[3,5] 
 
degan fikrlari bilan esa tarbiya bir kishining ishi emasligi, balki, butun 
jamiyatning ishi ekanligi, bu borada hamma birdek javobgar ekanligini, tarbiya masalasida 
befarqlik qilinsa alal oqibat bu jamiyat falokatiga sabab bo‘lishini uqtiradi.
Bundan tashqari 
bolaning fikrini erkin bayon eta olishi, tabiyali va bilimli bo
‘lishi uchun badan tarbiyasi 
muhum ekanligini aytib o‘tadi:
 

Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. 
Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi 
kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, 
yomon xulqlardan 
saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq 
kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir 
vujud kerakdur”[3,5]. Abdulla Avloniyning fikricha bolaning sog‘lom fikrlay olishi uchun 
o‘qituvchilar, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda ota
-
onalarni mas’uldir.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida inson xulqlarini yaxshi xulqlar va 
yomon xulqlarga ajratadi va bir-birig
a qarshi qo‘yadi: “Yaxshi xulq: bir qismi o‘z nafsimizga, 
bir qismini bir-
birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat, 
diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi 
nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, 
iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va 
afvdur”. Yomon xulqlar: Insonlarni saodati abadiyadan mahrum qiladurgan, ja
nobi Haq 
qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uc
hun masmum bo‘lgan axloqi 


453

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin