Kalit so‘zlar: Tarbiya, axloq, pedogogika, boshlang‘ich ta’lim, innovatsiya, integratsiya,
metod, hadis, so‘rovnoma, suh
bat, komil inson, konsepsiya.
Hozirgi shiddat bilan rivojlanyotgan Uchinchi renessans davrida mamlakatimiz
intellektual salohiyatga ega, erkin fikrlay oladigan, o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida
ularga tarbiya ham bera oladigan, ya’ni ta’lim va tarbi
yani birgalikda olib borish malakasiga
ega
, yuksak ma’naviyatli, o‘z tarixidan xabardor oliy ma’lumotli zamonaviy o‘qituvchilarga
muhtoj. Shu bilan bir qatorda, aynan shunday zamonaviy o‘qituvchilarni tayyorlashni
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan boshl
amoq maqsadga muvofiq. Mamlakatimizning kelajagi
esa har tomonlama yetuk, erkin fikriga ega yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30-
sentyabrdagi o‘qituvchi va murabbiylar kuniga
bag‘ishlangan nutqida
pedogoglarga al
ohida ishonch bildirdi: “Men yangi O‘zbeki
stonni
–
obod va farovon, demokratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni,
professor-
o‘qituvchilarni o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman.
Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga eg
a bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab
-quvvatlash, sizlar uchun
munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas
burchim, deb hisoblayman”[1,3].
Xalqni ma’rifatli qilish uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z
manfaatlari yo‘
lida hech nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor
bo‘ldilar. Xalqini savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun umrlarini Vatanimiz
ozodligi va xalqimiz baxt-
saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid ma’rifatparvarlarin
ing ilmiy-
ma’rifiy, adabiy
-
badiiy merosini o‘rganishimiz va kelajak avlodga o‘rgatishimiz davr talabidir.
Zero, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan Uchinchi Renessans davrida jadidlar ilgari surgan
ta’lim va tarbiya muammosi har
doimgidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk jadid bobolarimiz yo‘lidan borgan holda hozirgi ta’lim va tarbiya tizimida ham bir
qancha islohotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Vazirlar mahkamasining “Tarbiya” fanini
bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘
risida 422-sonli konsepsiyasi
tasdiqlanishi fikrimiz dalili bo‘ladi.
Tarbiya darsligining asosiy vazifasi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib
tarbiyalash ya’ni komil inson tarbiyalashdir. Komil insonlarni tarbiylashda
esa buyuk
ajdodlarimiz
qoldirgan ma’naviy me’roslarni o‘qib, o‘rganish, ulardan dars jarayonida dan
unumli foydalanish, o‘quvchilarda o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish hozirgi
davr talabi hisoblanadi. Buning uchun esa maktab darsliklarga buyuk bobokolonlarimizning
asarlaridan parchalar kiritish, hadislardan namunalar keltirish kerak. Ayniqsa buyuk pedogog
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari hozirgi kun boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari uchun dasturamal bo‘lib hizmat qiladi. “Tarbiya” darslik
lariga ushbu asarlardan