448
www.
kokanduni.uz
IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH
R. No‘monjonova
Qo’qon universiteti
talabasi,
N.Q.Abidova
Qo‘qon
universiteti dotsenti
Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqola, maxsus maktab bitiruvchilarining oiladagi ijtimoiy-
psixologik muammolari , imkoniyati cheklangan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
masalalari yoritilgan.
Kalit sо‘zlar
aloxida yordamga muxtoj,
korreksiya, stress, pozitsiya,
psixoterapevtik,
repertuar
Oila misoli bir qо‘rg‘onki, unda avlodlar kamol topadi, asrlar osha yashab kelayotgan
yuksak insoniy fazilatlar, milliy urf-
odatlar, an’ana va qadriyatlar asra
b-avaylanadi.
Oiladagi
muhit, shart-sharoit, odob-ahloq qoidalariga itoatkorlik, mehr-shavqat bu
gо‘shada tarbiya
topayotgan, voyaga yetayotgan farzandlar kamolida aks etadi. Modomiki,
yurt istiqboli
bugungi yoshlar qо‘lida ekan, ham ma’naviy, ham jismoniy, ham ma’rifiy salohiyatli navqiron
avlod tarbiyasi uchun barchamiz burchlimiz.
Bolalarning ka
tta bо‘lishi va ijtimoiylashuvining muhim tomonlaridan biri ularni
oilaviy hayotga tayyorlash hisoblanadi. Agarda avvallari mazkur tayyorgarlik avvalo
umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan bо‘lsa, hozirda “oila maktabi”ning muhimligi va
samaradorligi, bolaning oiladagi tarbiyasi tan olinmoqda. Bola aynan ota-onalarga ishonch
hissini sezadi, aynan oilada bola bilan hamkorlik jarayoni vaqt chegarasini bilmaydi.
Rivojlanish, ta’lim berish, tarbiyalash masalalari bilan istagan paytda shug‘ullanish mumkin.
Agarda bunda ota-
onalar bolaning har tomonlama rivojlanishiga yо‘naltirilgan uslubiy
jihatdan
samarali, bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlangan о‘yin
, mashqlarni
qо‘llasalar, u holda muvaffaqiyat nafaqat muqarrar balki, yuqori natijalarga erishis
h umidi
ham mavjud.
Agarda imkoniyati cheklangan bolani oilaviy hayotga tayyorlash masalasi tizimda
о‘rganilsa, u yetarlicha murakkab
ijtimoiy vazifani bajari
shini tushunish mumkin, birinchi
navbatda shuning uchunki, u shaxsiy hayotini mustaqil tashkil etish va belgilashga qodir
bо‘lgan inson shakllanishi jarayonidan uzilgan holda hal etilishi mumkin emas. Bu yerda
oilaviy hayotga tayyorlikning ijtimoiy va psixologik asosini nima
tashkil etadi degan savol
tug‘iladi.
Oilaviy hayotga tayyorlash
–
bolani mas
’uliyatli va mustaqil, mehribon va ziyrak
bо‘lishga, о‘zini va о‘zgalarni tushuna olishga qodir va о‘z manfaatlarini oila a’zolari
manfaatlari bilan muvofiq h
olda qarorlar qabul qilishga о‘rgatish demak. Bundan tashqari,
oilaviy
hayotga tayyorlash nafaqat
о‘z sog‘ligini, balki atrofdagi kishilar sog‘ligini asrashni,
oilaviy munosabatlarni qurish kо‘nikmasi, muloqot malakalari va stress holatlarni
boshqarishni n
azarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur tayyorgarlik samarali bо‘lishi uchun
jamiyatning tayyorgar
ligi ham muhim. Jamiyat kо‘pchilik oddiy
kishilardan farq qiluvchi
insonlarga oilaviy hayot uchun tо‘laqonli sharoitlarni yaratishga tayyor bо‘lishi kerak.
Shunday qilib, maxsus maktab bitiruvchilarining oilalariga quyidagi ijtimoiy-psixologik
muammolar xos:
-
asosan ota-ona oilasining
о‘ziga xosliklari bilan shartlangan nikoh oldi salbiy omillar;
-
erta nikoh qurish, nikohdan oldingi homiladorlikning yuqori foiz k
о‘rsatkichi;
-
maxsus maktab bitiruvchilarining oilaviy hayotga psixologik
va ijtimoiy-maishiy
jihatdan tayyor emasligi;