Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə625/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   621   622   623   624   625   626   627   628   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
qilinmagan bo‘lsa, ota
-
ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarida s
albiy sifatlar hukm sursa, 
bunday 
qadriyatlar yo‘q bo‘lib ketishi, ularning o‘rnini yot aqidalar egallashi mumkin.
Shuningdek, xotin-qizlar haq-
huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga 
erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni 
oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud. Bu manbalarda 
berilgan ma’lumotlar xalqimiz uchun milliy qadriyatlarga aylanib, qariyb 12 asrdirki, itoat etib 
kelingan islom aqidalari tarzida genofondimizga kirib, xalq ijtimoiy ongsizligi tarzida xalqimiz 
ruhiyati qa’riga singib ketgan.
Muhokama: 
Milliy manaviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning 
mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini taminlashda muhim ahamiyatga ega. Xar 
tomonlama rivojlangan, gormonik rivojlangan, m
illiy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan 
barkamol avlod tarbiyasida mahalla, ota-onalar va pedagoglarning ozaro xamjixatligi asosiy 
omillardan xisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, o‘z hayot faoliyatida doimo 
mi
llat g’ururi bilan ish olib borad
igan yoshlarning tarbiyalanishi millat kelajagini, 
rivojlanishini ta’minlaydi.
Milliylik xalqning ruhiyati va manaviyati, ayniqsa, sanat va adabiyot rivojida yorqin 
ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi 
janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qatiy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu 
millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi. 
Milliy manaviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib orin 
egallaydi va milliy ozlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon boladi. Axloqiy 
va diniy qadriyatlar aksari hollarda ozaro bogliq bolib, jamiyatning manaviy yuksalishida, 
yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega. 
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmugs tarzida oziga xos mezon 
vazifasini otaydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo 
bolayotgan faoliyat turlari va rasmrusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy 
moljallari, «zamona qahramoni» h
aqidagi tasavvurlari ham manaviy qadriyatlardan kelib 
chiqib shakllanadi. 
Milliy manaviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat 
rivojiga toganoq boladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Manaviyat, qadriyatlar va 
milliy goya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, ozaro uzviy aloqadorlikda bolgan 
sohalaridir. 
Manaviyat, milliy qadriyatlar va istikdol goyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida 
ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida 
ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining malum davrlarida manaviyat va 
milliy goya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydonga chiqadi. 
Xulosa. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash uchun 
keng imkoniyatlar mavjud. Bu 

milliy an’ana va qadriyatlar, milliy turmush tarzi, milliy 
tarbiya, milliy axloq va odob, uch avlod, ya’ni, bobo
-buvi, ota-ona va bolalarning hamjihatlikda 
yashashi jarayonida eng yuksak insoniy fazila
tlarni o‘zida tarbiyalab, shakllantirib borishi 
shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ota va onaning shaxsiy ibrati ham bolalar uchun 
muhim tarbiya maktabi vazifasini 
o‘taydi.

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   621   622   623   624   625   626   627   628   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin