www. kokanduni.uz baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar
tashlandi. Ya’ni, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o‘rganib
borish maqsadida xalqaro baholash dasturlarini keng qo‘llash rejalashtirilmoq
da. Bunday
talabning qondirilishi, o‘z navbatida, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish
xususi
yatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini
kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga
keltirmoqda. Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvc
hi PISA
(O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), TIMSS (Maktabda
matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xa
lqaro monitoring) PIRLS (matnni o‘qish
va tushunish sifatini aniqlash xalqaro tadqiqoti), ISSS (fuqarolik ta’limi
sifatini aniqlash
xalqaro tadqiqoti) TALIS (o‘qituvchilar korpusi sifatini xalqaro taqqoslash tadqiqoti) ICILS
(kompyuter va information savod
xonlikni aniqlash xalqaro tadqiqoti) mavjud bo‘lib, ular
rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida qo‘llanilib
kelinmoqda.PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) tadqiqotida 50 dan
ortiq davlatlar i
shtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim
tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi
boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va
qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga
sabab
bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Mazkur
tadqiqot o‘quv
yutuqlarini baholash xalqaro Assosatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.
Tadqiqotda ishtirok etadigan maktablar ikkita parallel sinfi bo‘lgan umu
miy maktablar
orasidan maxsus metodologiya asosida kompyuter yordamida tasodifiy tanlanadi. PIRLS
tadqiqoti jaray
onida ikki turdagi o‘qish baholanadi:
-
adabiy o‘qish tajribasini egallashga
qaratilgan o‘qish;
-
ma’lumotlarni o‘zlashtirish va ulardan foydal
anish maqsadiga qaratilgan
o‘qish. Tadqiqotning konseptual g‘oyalariga asosan badiiy va ilmiy
-ommabop matnlarni o
‘qish
darajasini baholashda 4 turdagi o‘qish ko‘nikmalari baholanadi:
-
yaqqol ko‘rinishda berilgan ma’lumotlarni toppish;
-
o‘qilgan matn asos
ida xulosalarni shakllantirish;
- axborotlarni umumlashtirish va interpretatsiya qilish;
- matnning strukturasi, tilga xos xususiyatlarni mazmunini baholash va taxlil qilish.
PIRLS doirasida bajarilgan ishlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlari asosida baho
lash
maqsadida quyidagi baholash tizimidan foydalaniladi:
- javobini tanlashga oid topshiriqlar 1 ball bilan;
- voqea xodisalarning ketma-ketligiga oid topshiriqlar va qarorlar 1 ball bilan;
- javobi yoziladigan ochiq turdagi konstruktive xarakterdagi topshiriqlar qiyinchilik
darajasiga ko‘ra 1 balldan 3 ballgacha baholanadi. [4] Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi
sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota
-onalar va jamoat vakillari uchun
katta ahamiyatga egadir.