1-rasm. Bir yilda bo
ʻ
ladigan xudkushliklar miqdori.
597
www.
kokanduni.uz
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o‘smirlarning ta’
lim
jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini
rivojlantirish, sh
axs sifatida o‘zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘zo‘rnini topishida yordam
berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik me
xanizmlarini
takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.
O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘.G‘oziyev, N.G‘.Kamilova, G.Q.To‘laganova, B.M.Umarov
kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga
qaratilga
n tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq
-atvor, xarakter
aksentuatsiyasi, bolalar va
o‘smirlar suitsidi, o‘z
-
o‘ziga baho berish va nazorat qilish
muammolariga qaratiladi.
Inson onogenizida o‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib
, yangi xislar, sezgilar va jinsiy
xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan xam xarakterlanadi. O‘z davrida
L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O‘smirlik yoshida
ularning xulq
–atvorigaxos bo‘lgan aloh
ida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning
boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq–
atvoriga asosiy biologik omil
sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga
ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik,
yig‘loqilik, kabi xususiyatlar xos. O‘smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o‘ziga xos
xususiyati mavjud bo‘lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtor
itetiga
bo‘ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy
tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta
olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to‘liq baholay olmaslik k
abi sifatlar namoyon
bo‘ladi.
Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek, ijobiy va salbiy
psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta kechadigan davrlar mavjud.
Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy mu
nosabatning paydo bo‘lishi, negativizm
singari nohush xulq-
atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosit
a jinsiy yetilish
tufayli poydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir
yashaydigan ijtimoiy shart
–
sharoitlar vositasi orqali, uning tengdoshlari, turli jamoalardagi
mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va
oilasidagi o‘rni munosabatlari sababli
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan
o‘smirla
rning xulq
–atvoriga to‘g’ridan–to‘g’ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ular tashqi ta’sirlarga
va xissiyotlarga juda b
eriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi
psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘s
mirda shaxsiy fikrni yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘la
di. Shuning
uchun ham ular ota
–onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni
ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Juda ko‘p o‘smirlar bu
davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Bugungi kunda internet
materiallarini tushunish yoki anglamasdan undan foydalanishga harakat qilishadi. Bu holatda
chekuvchi, ichuvchi sin
gari yangi rolda o‘zini normal, qulay his qiladi. Bunday holatlarga
tushgan o‘smir juda tashvishga tushadi va un
dakrizis holati yuzaga keladi. Bu krizis
o‘smirning ma’naviy o‘sishi psixikasidagi o‘zgarishlariga ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning
ijtimoiy m
avqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar
yuzaga keladi. Lekin eng k
atta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina
o‘smiryoshi davridagi maktab o‘quvchilarida o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.
Shuningdek, o‘zi xaqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarga to‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi
xaqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday o‘smirdagi o‘zgaris
hlarni
uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek ota
–
onasiga qarshi chiqayotganligini anglay
|