Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə662/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   658   659   660   661   662   663   664   665   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
olmayotganligi tashvishga soladi. Maxsus ijtimoiy psixologik adabiyotlarda hayotga chidamli, 
irodali iborasi mavjud. Bu iboraga taalluqli bo‘lgan salbiy
-xulq atvor 
larning paydo bo‘lishi 
o‘smir davridagi bolalardagi og‘ir iztirob noqobiloila, spirtli ichimliklarni iste’mol qi
luvchi ota-
onalar, shavqatsiz kaltaklash, tabiiy ofat, kambag‘allik, oiladardagi ajrim xolatlari kabilar 
ularni psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.Bu borada o‘smirlarning ota–
onasi, kattalar bilan 
qiladigan muloqoti asosan ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilganligi sababli qo‘llab 
-
quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Ota onalar bilan faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq 
tushinis
hlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga 
solayotgan muammolar xaqida ka
ttalar bilan bo‘lishishga katta extiyoj sezadi, lekin buni xech 
qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek 
qilinadigan 
muomila 
–munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O‘smirlar muloqoti nihoyasida 
o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Qayd etib o‘tilgan yo‘nalganlik albatta kattalarning ham 
muloqot va munosabatda mavjud, lekin ular kattalarnikidan o‘z emots
ionalligi bilan 
farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik 
xusus
iyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda «Biz» hissining 
shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. 
O‘smir yoshdagi bola 
uchun do‘st tanlash juda katta axamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘st juda qadirli 
hisobl
anadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga extiyoj sezadilar. Bu 
extiyoj o‘smir do‘stlarning so‘rashishi va ko‘rishishlarida 
ko
ʻrinadi.Ko‘pgina ana shunday juda 
yaqin munosabatlar, umumta’lim maktabi o‘smir yoshi o‘quvchilarining shaxs bo‘lib 
shakllanishdagi, birgalikdagi xarakatlarini o‘zi inson qalbida va xotirasida birumrga saqlanib 
qoladi. 
O‘z joniga qasd qilish hodisasini i
lmiy jihatdan tadqiq qilishga XIX asrning XX asrning 
boshlaridan boshlab kirishila boshlandi. Bunga birinchidan, 
butunlay dunyo miqyosida o‘z 
joniga qasd qilish hodisasining ortib borayotganligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan suitsid 
muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlarning yuzaga kelishi bu 
muammoni har tomonlama o‘rganishga turtki bo‘ldi. Asrimizning boshlarigacha bo‘lgan 
davrda o‘z joniga qasd qilish hodisasini o‘rganish bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha olib 
borilgan bo‘lib, bu
yo‘nalishlarning deyarli barchasi suitsidni tushuntirishda bir yoqlamalikka 
asoslangan nazariyalarni o‘rtaga tashlaydi. Masalan, suitsidni o‘rganishning sotsiologik 
yo‘nalishdagi nazariyasi namoyondalari (asoschisi E.Dyurkgeym) o‘z joniga qasd qilish xulq

faqatgina ijtimoiy muhit ta’siri natijasida yuzaga keladi deb hisoblab, suitsidial xulqning 
keltirib chiqaruvc
hi boshqa (psixologik, patologik, biologik) omillarni ko‘ra bilmaydilar. Bu 
yo‘nalishning asoschisi hisoblangan E.Dyurkgeym o‘zining 1897 yilda chop etilgan “O‘zini
-
o‘zi 
o‘ldirish” nomli asarida “O‘z joniga qasd qilish psixik yoki organik kasalliklar natij
asida 
bo‘lmay, balki shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarining izdan chiqishi yoki buzilishi 
mahsulidir”; 

deb ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra suitsidni yuzaga keltiruvchi va sabablarni 
shaxsning ruhiy va individual psixologik xususiyatlaridan emas balkim, jamiyatdan, undagi 
ijtimoiy muhitdan izlash kerakdir. Uning ta’kidlashicha o‘z joniga qasd qilish ijtimoiy hodisa 
bo‘lib, uning miqdori har bir jamiyatda individga ta’sir qiluvchi “jamoa” kuchi bilan 
boshqariladi va bu kuchning faolligi jamiyatda amal qilinadigan institutlar (oila, davlat, 
partiya va boshq.) tili bilan belgilanadi. Ya’ni suitsid ko‘lami ijtimoiy tizimning 
“noinsoniy”strukturasi bilan bog‘liqdir. 
Rossiyada suitsidni tadqiq qilishning sotsiologik yo‘nalishi bo‘yicha qator ilmiy 
izl
anishlar olib borildi. Jumladan, M.N.Fenomenov o‘z tadqiqotlarida suitsidal urinish 
sabablarini E.Dyurkgeym ta’kidlaganidek, “ijtimoiy institutl
ardan emas balki, mamlakatda 
hukm surayotgan ichki nosog‘lom muhit va insoniy munosabatlar nosog‘lomligidan izla
sh 
o‘rinlidir deb ko‘rsatadi. Ijtimoiy inqiroz deydi u, eski hayot tarzining yaratilishiga imkoniyat 
tug‘diradi”. Bu o‘rin almashish insonlar jamoasiga ham tegishli bo‘lib, keksalar o‘rniga yangi 


599

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   658   659   660   661   662   663   664   665   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin