www. kokanduni.uz ILK BOLALIK DAVRIDAGI HISSIY KECHINMALARNING TA’LIMGA TA’SIRI Ismoiljonova Shahrizoda Boburjon qizi Qo‘qon universiteti ta’lim fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1 -bosqich talabasi, Guljahon Eshonqulova Qo’ qon universit eti o’qituvchisi Annotatsiya : Ushbu maqolada ilk bolalik davridagi hissiy kechinmalarning nutqning
rivojlanishi va ta’limga ta’
siri, bola hissiyotlarida tashqi muhit va onaning roli qanday ekanligi
so‘rovnoma asosida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar : tafakkur, ilk bolalik davri, his
siyot,xavotir, emotsionallik, xotira, o‘zini
anglash, jismoniy rivojlanish,aqliy rivojlanish.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga
keladi. Buni bola biror predmetni olishda harak
at qila olganidan so‘ng, uni
sinchiklab
o‘rganishda ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali
-harakatlar bo
‘lib,
u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. o‘zidan uzoqroq turgan
koptokni biror-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumki
nligini ko‘rgan bola, “
- endi
mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni" tayoqcha yordamida olish
mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalartafakkurida umumlashtirish katta o‘rin
tutadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik
rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini
bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetlash faoliyatni egallash xususiyatlari
tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni
egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—
harakatlari bilan juda faol va kattalar
bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. Mashxur rus p
edagoglaridan biri
Lesgaftni
ng fikricha:” Insonning bogcha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada
kelgusida qanday x
arakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning
asoslari yuzaga keladi”.
Yosh bola gapira olmasa ham kattalarning suhbatini diqqat bilan
tinglaydi va nimanidir tushunadi. Go‘dak ona ko‘kragini emayotganida ham biror narsani
qiziqib o‘
ynayotganida ham quloqlari hamma narsani eshitadi va miyasi olingan
ma’lumotlarni o‘zlashtiradi. Go‘dakning xotirasi u tushunguniga qadar barcha ma’lumotla
rni
saqlaydi. Biz so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali bolalarning fikrlarini to‘g‘ri yo‘naltirishni
o‘rgatamiz. So‘zlar bola ongida tasvirli qiyofa hosil qiladi va bola undan o‘z harakatlariga
turtki oladi. Ilk bolalik davri aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining
yangi ko‘rinishlarini tashkil qiladi. Tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z boyligining
oshishiga, nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funksiya hisoblanib, u bilishning barcha
ko
‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi.Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi.
Bolaning h
ayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira
ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda
asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natija
sida ular ertak va
she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy
rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk
bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv siste
masining umumiy
egiluvchanligi natijasidir. O‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma
-ketlik
borligi uchun ham u
larni hali to‘diq ravishda x
otirasida saqlab qola olmaydi.
Bu davrdagi bolalar asosan o‘z hatti
-
harakatlarini o‘ylab o‘tirmaydil
ar, chunki hatti-
harakatlar ularning hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning hatti
- harakatlari