www. kokanduni.uz Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar
gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo
ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul q
iladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
nutqini rivojlantirishda ertaklardan foydalanish o‘quvchilarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik,
qahramonlik va kishilarga nisbatan hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalaydi. Muhimi, ertaklarning
mazmunan va matn qurilis
higa ko‘ra oddiydan murakkabga qarab ketma
-
ket o‘rgatilishi ta’lim
va tarbiya jarayonining uzviyligini ta
ʻminlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarga
o‘rg
atiladigan folklor asarlarning eng asosiy janri ertak hisoblanadi. Ularda kishilar hayotida
uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko‘pida
real hayot tasviri
fantastik elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertaklarning o‘tkir maroqli
syujeti, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda
ezgulik kuchining, yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni doimo o‘ziga tortadi. Ert
akda
qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z
va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi,
ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi bolalar uchun juda
qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilarning rahmdil, saxiy, adola
tli hamda ularning aksi bo‘lgan
yovuz baxil, ochko‘z kabi timsollarga bo‘linishi o‘quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga o‘z
ta'sirini o‘tkazadi. Ertak bolalarda personajlarning xatti
- harakatini muhokama qilib,
baholash ko‘nikmasini o‘stiradi. Ertakda xalq o‘z hayotini o‘zi hikoya qiladi, shuning uchu
n
o‘quvchilar ertakni o‘qish bilan maʻlum davrdagi xalq hayotini, o‘ylari va orzu
- istaklarini bilib
oladilar. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali muvofiqlashtirib
amalga oshirib, o‘quvchi shaxsini kamol toptirishni ta’minlashda xalq ertaklarining o‘rni
beqiyosdir
. O‘quvchi o‘zi sevib qolgan ertak ijobiy qahramonlaridan o‘rnak olishga, halollikda,
to‘g‘riso‘zlikda, mehnatsevarlikda ularga o‘xshashga intiladi. Salbiy qahramonlardan esa
nafratlanib, ularga o‘xshamaslikka harakat q
iladi.
Demak, o‘quvchilarning ham bil
imga qiziqishini oshirishda, ham ularni komil inson qilib
tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Shu bilan birga ertak
o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham katta ahamiyatga ega. Ertak matni bog‘lanishli nutqni
o‘stirish uchun zarur material beradi, ertaklarning tili g‘oyat sodda, aniq, o‘ziga xos obrazli
ifodalarga boy bo‘lib, o‘quvchilarning fikrini, nutqini o‘stirishda g‘oyat muhimdir. Ertak
voqealari esa bolalarning tasavvurini o‘stiradi, tus
hunchalarini kengaytiradi hamda ularda
ijodiy qiziqish uyg‘otadi.