809
www.
kokanduni.uz
O‘SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSLARARO MULOQOT MUA
MMOSI
Mamarasulova Go‘zaloy G‘ayratbek qizi
Qo‘qon universiteti Psixologiya yo‘nalishi 1
-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu tezisni yozishimdan maqsad xozirgi davrdagi dolzarb muammo
o‘spirinlik davridagi bolalarni boshqa shaxslarga bo‘lgan muloqoti, bu davrda bo‘ladigan
akseleratsiya jarayonining ta’siri, o‘z davrida bo‘lishi kerak bo‘lgan muloqotni shakllantirish.
Kalit so‘zlar:
Ilk o‘
spirinlik davri, shaxslararo muloqot, akseleratsiya, muloqotni
shakllantirish, globallashuv davri, dominantlik, demokratik xarakter.
Insonlar orasidagi munosabatlar bo‘yicha muammolar psixologik maslaxatlar berish
jarayonida ko‘p uchraydi. Bunda masalan men bo‘lajak psixolog bo‘lsam o‘z hayotimni ya’ni
uk
amlarda tasvirlab berishim mumkin. Ular bilan ko‘proq yaxshi gaplashishni istasakham
ozgina noto‘g‘ri so‘zlashishlari orqali meni yoki onam, yaqin do‘stlarini xafa qilib qo‘yishi
menga ushbu dolzarblikni o
lib chiqishga majbur qildi. Ya’ni, bunda o‘spirin y
oshdagi
bolalarda muloqotga kirisha olmaslik yokida boshqa bir haqoratli so‘zlar bilan so‘zlashishlarni
muammo qilib olsak bo‘ladi. Aytib o‘tilgan muammolarning ko‘p jihatliligi odamlar o‘rtasidagi
o‘zaro muloqotni murakkabligini ko‘rsatadi.
Hozirgi globa
llashuv davri bu yosh davrga kuchli ta’sir etib qolmasdan, balki uning
shaxslararo muloqot shakllariga ham o‘z ta’siri o‘tkazmay qolmadi. Negaki, hozirgi akselatsiya
jarayonining shiddat bilan o‘sishi ularning har tomonlama “hozirjavobligiga” olib keldi.
Natijada katta yosh vakillari bilan bir
–
biriga to‘g‘ri kelmaydigan munosabat shakllari
shakllanib bordi. Bu esa ilk o‘spirinlikka xos bo‘lgan shaxslararo muloqot shakllarini keltirib
chiqardi. O‘spirinlarda qadriyatli ma’noli muloqot dominantlik qiladi. Y
igit va qizlarning
kattalar va ota-
onalar bilan muloqoti demokratik xarakter kasb eta boshlaydi. O‘spirinning
kattalar bilan muloqotining mazmuni hayot mazmunini izlash, o‘zini bilish, hayotiy rejalar va
u
larni amalga oshirish yo‘llari, insonlar orasidagi
shaxslararo munosabatlar, kasb egalari
haqidagi muammolarni qamrab oladi. Kattalar bilan muloqot bir xil davom etmaydi, o‘zini
qiziqtirgan muammoni hal qilgach, keyingi muammo bo‘yicha savollar tug‘ilgunch
a kamroq
muloqot qilishi mumkin. Yigit va qizlar o‘
ziga yaqin kattalar bilan muloqot qilishga kasb
tanlash muammolariga duch kelganlarida hayotiy tajribalarini o‘rganish uchun ehtiyoj
sezadilar. Bir-birini tushunish, bir-
birini qo‘llab
-quvvatlashga asoslangan hamkorlik
sharoitida muloqot samarali kechadi.
O‘spirin uchun kattalar bilan ishonchli muloqotning
mazmuni shundan iboratki, uning muammolarini tushunish, hamdardlik bildirish va uni hal
qilish uchun yordamlashishdan iboratdir.
«Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, o‘zingdan kattalar bilanmi, tengdoshl
aring bilanmi,
yoki o‘zingdan kichiklar bilanmi?» degan savolga ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi (75—
85%)
tengdoshlarini tanlashgan, kattalarni (11
—
20%), hamda kichiklarni juda kam (1
—
4%)
tanlashgan. Qizlar
ham ko‘pincha tengdoshlarini tanlashgan, lekin ko‘
pincha kattalarni ham
tanlashgan (39-
50%), o‘zlaridan kichiklarni hech tanlashmagan (I.S.Kon va V.A.Losenkov
tadqiqotlari natijalari).
Xulosa qilib aytganda, o‘spirinlik davri ya’ni 8
-10-
sinflar, ya’ni, bu
yoshdagi bolalarning
muloqot psixologiyasi murakka
bligini hisobga olib ular bilan yaxshi muomilada bo‘lish hamda
do‘stlarini to‘g‘ri tanlashda ko‘maklashishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: