www. kokanduni.uz o‘tirik, tutal kabi nomlar bilan ham ataladi. Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeani yoki
xayoliy va hayotiy uydirma asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyib
-u g
‘aro
yib tarzda,
joziba
li, ixcham va mukammal holda aks ettirishi bilan kishida zavq uyg‘otadi. O‘zbek xalq
ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy
ertaklar sifatida farqlash mumkin. "Bo‘ri bilan tulki", "H
iylagar bedana", "Chivinboy" kabi
ertaklarning bosh qahramonlari hayvonlar, qushlar, hasharotlardir. "Yalmog‘iz", "Semurʻ
",
"Zumrad va Qimmat" ertaklari sirli va sehrli voqealar asosiga qurilgan. "Kenja botir", "Egri va
to‘g‘ri", "Uch og‘a
-ini botirlar", "Malikai Husnobod", "Ayoz" kabi ertaklarda barkamol
shaxslarning ibratli hayoti va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shoir va yozuvchilar ham
o‘z xalqining eng chiroyli, ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va
hayoliy hikoyalar yaratadilar. Ertaklar asosida badiiy va multiplikatsion filmlar olinadi, sahna
asarlari qo‘yiladi.
"Ertaklar
—
yaxshilikka yetaklar", deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar tomonidan
farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git va nasihat qilish, nutq o‘stirish, mehr
-
u e’tiborin
i
amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya borgan sari ertaklarning hajmi
kengayib,
mazmuni va mundarijasi murakkablashib boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda
hayotga muhabbat, oilaga, ota-
onaga mehr, do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid,
yaxshilik va
adolat tantanasiga ishonch hislari kamolga yetadi.
Boshlang'ich sinflarning o‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol,
doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Turli janrdagi badiiy asarlar
uslubi j
ihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil
bo‘ladi.
Tabiiyki, har bir janrga oid asar lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul
qilinib, qiziqib
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nod
orligi va xalq tiliga
yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib
ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syuje
ti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni
maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning
g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining
-
yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni
o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta
-
qayta takrorlanib turishi
, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonligi,
bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adol
atli
hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi. Ertakning pedagogik
q
iymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al
kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va
yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo
shunday bo‘lishini istaydilar.
Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash
ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning
doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi.
O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishil
ardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki
yoqmadi?) Nima uchun?», nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun
ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan
yuz o‘giradi?)» kabi savollarga javob
topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib,
xulosalarga keladilar. Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi.
Ertak mat
ni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning
o‘zlari ertak mazmunig
a oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash,
ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan
foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar
xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.