Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə883/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   879   880   881   882   883   884   885   886   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, ona tili va o‘qish savodxonligi, xalq o‘gzaki ijodi, ertak, 
axloqiy sifatlar, ertak matni, og‘zaki hikoya, savol
-
javob, nutq o‘stirish.
O‘tgan o‘quv yilidan boshlab Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra
boshlang‘ich sinf
larda 
o‘qitiladigan “O‘qish” va “Ona tili” darslari integratsiyalashtirilib, ta’lim amaliyotiga “Ona tili 
va o‘qish savodxonligi” darslari joriy etildi. 1
-2-sinflar uchun shu nomdagi darsliklar chop 
qilindi. Boshlang‘ich sinflardagi o
na t
ili va o‘qish savo
dxonligining asosiy maqsadi bolalarning 
yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning og‘zaki va yozma nutqi hamda tafakkurini 
o‘stirish, shaxs sifatida shakllantira borish, ularda bilim olishga qiziqishni o‘stirish, faollik, 
mustaqillik, ijodkorlik 
kabilarni shakllantirish hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda 
o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitishga muhim vazifa sifatida yondashiladi. Bu borada 
ertaklarni o‘qitishning katta ahamiyati bor desak, yanglishmaymiz. Haqiqata
n ham, ertaklar 
yordam
ida o‘quvchilarning aql
-
idrokini o‘stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, 
umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash istiqlol talabidir. Buning uchun, avvalo, 
o‘qituvchining o‘zi ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi ker
ak. Bu uning zimmasiga juda 
katta mas’uliyat yuklaydi.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala —
bu yoshlarimizning odob-
axloqi, yurish-
turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon 
shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘
zgarishlarni hamma
dan ham ko‘proq his etadigan kim —
yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini 
ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida 
doimo aks-sad
o berib, o‘zligiga
sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan 
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”
- degan edi yurtboshimiz Shavkat 
Mirziyoyev.
 
Oila sharoitida bola qalbida kitobga nisbatan qiziqish va muhabbat tuyg‘usini uyg‘o
tish, 
adabiyotga, ertaklarga qiziqtirishdan boshlanadi. Buning uchun oiladagi kattalar 

bobo yoki 
buvi, ota yoki ona, aka yoki opa muntazam ravishda har kuni kichkintoyga badiiy asarlardan 
birini (ertak, hikoya, afsona, rivoyat v.b) o‘qib yoki hikoya 
qilib berishi lozim. Badiiy kitobni 
oila davrasida o‘qish ham nihoyatda samarali usullardan biri hisoblanadi. Kitob bilan 
birgalikda o‘tkazilgan damlar xuddi bayramdek hayajonli va quvonchli bo‘lishiga erishilsagina 
bolada kitob o‘qishga havas uyg‘onadi, k
itob
ga o‘rganadi va unga mehr qo‘yadi.
 
Hammamiz 
yoshligimizdan turli-
tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz. Ba’zilarimiz balog'at yoshiga 
yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film
-ertaklar, multfilmlar tomosha qilish ishtiyoqini 
saqlab qolganmiz. Bu 

ertaklarning sehrli olami 
g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertaklar 
dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham eng ommaviy 
janrlardan biri sifatida turli viloyatlardaimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib 
aytib kelingan. Yurtimiznin
g turli hududlarida ertak xalq orasida matal, varsaqi, cho‘pchak, 


807

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   879   880   881   882   883   884   885   886   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin