www. kokanduni.uz ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, syujetli
-rolli
o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish
bolani uning uchun
imkoni bo‘lgan o‘yi
n shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun
maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida
tarbiyalangan bolalarda
bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan yuqori.
O‘quv faoliyatining
mazmunini ilmiy tushunchalar, fan qonuniyatlari va ularga tayangan
amaliy masalalarni hal etish uslubi tashkil etadi. Shunday qi
lib o‘qish –
bu bilim, malaka va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan jarayon
.
O‘quv faoliyati aniq bir tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari quyidagilar: 1) o‘qish
vaziyati (yoki vazifalari), 2) o‘qish harakati, 3) nazorat, 4) baho.
Katta maktabg
acha yosh davomida bolalarning o‘qishga munosabatida muayyan
dinamika kuzatiladi. Dastlab ular o‘qishga umumiy holda ijtimoiy
faoliyat sifatida intilishadi.
Keyin esa ularni o‘quv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat, bola o‘quv faoliyatini
ng
ichk
i mazmuniga qiziqib, o‘quv
-nazariy vazifalarni aniq-amaliy vazifalarga mustaqil
o‘zgartiradi. Uning shakllanish
qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy bolalar va pedagogika
psixologiyasi
vazifalaridan
biridir.
Olti yoshli bola asosan tashqi tomondan yorqi
n va emotsional jihatdan ta’sirli voqea, tasvir,
hikoyalarni eslab qoladi. Lekin maktab hayoti shundayki, boshidanoq bolalardan materialni
ixtiyoriy eslab qolish talab etiladi. O‘quvchilar kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini
maxsus eslab qolishla
ri, keyin esa ularga rioya etishlari lozim. O‘quv materialini eslab qolish
alohida bilimni talab etadi. Usiz o‘quv xotirasi z
aif va tartibsizligicha qolaveradi. Bola maxsus
aniqlash, guruhlash va taqqoslashni talab etuvchi narsani bevosita eslab qolishga harakat
qilayotganida bu «yomon xotira» pand beradi. O‘quv materiali bilan ishlash usullarining
shakllanishi «yaxshi xotira»ni
yanada samaraliroq tarbiyalash yo‘li sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan oqilona
foydalanish lozim. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab
yaratiluvchi
obrazlar real ob’ektga yaqin tavsiflanadi (detallarga boy bo‘lmagan holda). 6
-
yoshli bola oxiri, keyin esa 7-yoshda ikkinchi bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va
tarkibiy qismlar miqdori sezi-larli tarzda oshadi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur 6- yoshlilarda barcha faoliyatlarida rivojlanadi.
Tayyorlov guruh bolalarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini
ko‘rsatishga harakat qilishi
- ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim
psixologik asosdir. 6 yoshdagi
bolalarning o‘z xatti
-
xarakatlarini ma’lum vazifalarni ado
etishga buysundira olishlari, tobora kuchayib borayotgan qiziqish va erishgan aqliy taraqqiyot
darajalari ularni ma’lum ta’limiy dastur asosida tarbiyalash imkonini beradi. Maktabgacha
ta’limda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat faoliyatining dastlabki
belgilari xamda bilimga qiziqishni tarkib toptiradi.
Maktabgacha ta’lim xayotining ko‘p qirrali va sermazmunligi 6 yoshli bolalar bilish
faoliyatlarining kengayishiga hamda chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy bilish
jarayonlari bo‘lgan idrok, tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarn
ing xarakterini
o‘zgartirib yuboradi. Maktabgacha ta’limgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bu jarayonlar
ularning o‘yin yoki biron amaliy faoliyatlari bilan birga namoyon bo‘ladi. Masalan, kichik
yoshdagi bolalar biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lib turganlari
da uni idrok qiladilar, ilgari ham
shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lganlarini eslaydilar va uni analiz va sintez qilib ko‘radilar.
6 yoshdagi bolalarda esa bu asosiy bilish jarayonlari bir-biridan differensiallashgan
(ajratilgan) bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi
bola b
iron o‘yin faoliyati yoki biron narsa bilan
mashg‘ul bo‘lishi jarayonidagina emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashq
ari ham biror
narsa yoki xodisani idrok qilishi, tasavvur etishi, esida olib qolishi, esiga tushunishi hamda