Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1040/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   1036   1037   1038   1039   1040   1041   1042   1043   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
O

QUVCHILARNING YOZUV KOMPETENSIYALARINI SKAFOLDING METODI ASOSIDA 
RIVOJLANTIRISH MODELI. 
Kenjayev Azizbek Rus
tamjon o‘g’li
 
Namangan Davlat universiteti tayanch doktaranti 
 
Annotasiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktabi yuqori sinf o’
quvchilarining ingliz 
tili darslarida yozuv kompetensiyasini scaffolding modeli asosida o’rgatishning nazariy
-
metodik jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar
: yuqori sinf, yozuv kompetensiyasi, scaffolding modeli. 
Dastur materialni tanlash yondashu
v va qoidalari Ko‘ptilli va ko‘pmadaniyatli sharoitda 
hamma ta’lim sharoitlari uchun yakka darslik ishlab chiqishning imkoniyati yo‘q
. Shu sababli 
o‘qituvchi odatda ingliz tilidan asosiy darslikka murojaat etadi va uning uchun ta’lim 
xususiyatidan kelib ch
iqib qo‘shimcha material tanlaydi. Ta’lim sifati va samaradorligini 
oshirish maqsadida dastur materialini tanlash va uni savodli metodik tayyorlashga maxsus 
yondashuv zarur bo‘ladi. Bugunga kelib empirik, lingvistik, va pragmatik yondashuvlar 
nisbatan kengroq ommalashgan (Minyar-Beloruchev R.K. 1990.). Empirik yondashuvda leksik 
birliklar, grammatik konstruksiyalar va matnlar darslik muallifi, metodi
st yoki o‘qituvchining 
ingliz tilini bilish darajasi va uni o‘qitishdagi shaxsiy tajribasiga asoslanadi. Bund
ay 
yondashuvda odatda matnlar tanlanadi va uning o‘rganilishini ta’minlash uchun yangi leksik 
birliklar va grammatik konstruksiyalar ajratiladi. Leksik birlik va grammatik 
konstruksiyalarni matn asosida tanlashning ham ijobiy ham salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy 
tomoni shundaki, matn dastur mavzusidan kelib chiqib tanlanadi va o‘quvchilarning dasturga 
kiritilgan mavzu doirasidagi bilim, 
malaka va ko‘n
ikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Boshqa tomondan, matnlarda uchraydigan tasodifiy leksik birliklar va grammatik 
konstruksiyalar ta’lim jarayonini intensifikatsiyalash (jadallashtirish)ga xalal beradi. 
Matnlarda jonli muloqot emas balki adabiy til 
me’yorlarining aks etishi o‘quvchilarning 
kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi
. Empirik yondashuvning 
asosiy kamchiligi tanlovning intuitiv amalga oshirilishida, ya’ni muallif tanlash prinsiplari va 
mezonlari haqida tasavvurg
a ega bo‘lmaydi. Darslik uchun dastur mazmunidan kelib 
chiqadigan matnni tanlashga empirik yondashilganida o‘
quvchi katta qiyinchilikka duch 
keladi. Buning sababi shundaki ingliz tili o‘qitishdagi darslik muallifining tajribasi va 
o‘qituvchi 
tajribasi odat
da mos tushmaydi. Mazkur yondashuvda matn o‘qitish mazmuniga 
kiritiladi. Lekin nutq mavzulari deganda, ularni
ng mazmuni, ya’ni mavzudan kelib chiqadigan 
axborotni hisobga olish zarur. Mavzu axborotni taxminan chamalaydi, lekin o‘z ichiga olma
ydi, 
u axborot 
uchun umumiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Mavzu yuzasidan og‘zaki va yozma matnlar hosil 
qilinadi. Matnda axborot beriladi yoki olinadi. Demak, axborot matn mazmunidir, matn esa 
mavzuning namoyon etilishidir. Lingvistik yondashuv empirik yondashuvdan farq qilib 
tanlash tamoyillari va tanlashning turli-
tuman mezonlari mavjud bo‘lgan til materialining 
lingvistik xarakteri
ga asoslanadi. Masalan, aktiv lug‘atni tanlashda so‘zlarning birikishi, so‘z 
yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik me’zonlari asos bo‘la
di. Potensial 
lug‘atni tanlashda o‘zak 
leksik birlikning so‘z yasash qiymati e’tiborga olinadi. Dastur materialini tanlashg
a lingvistik 
yondashuvda tilning barcha aspektlariga taalluqli xarakterli xususiyatlarni hisobga olish va 
semantik, grammatik hamda stilistik mezonlar bilan ishlash talab etiladi. Paragmatik 
yondashuv kommunikativ metod ingliz tili o‘qitishning eng ilg‘or metodi sifatida e’tirof etilishi 
natijasida rivojlantirildi. Bunda til materialini tanlashda til elementining lingvistik 
xususiyatiga emas balki ingliz tilida muloqot qilinishiga ustivor ahamiyat qaratiladi. 
Pragmatik yondashuvda til materiali ingliz tilid
a kommunikatsiyani ta’minlaydigan va 
kommunikativ kompetensiyani shakllantirilishiga har tomonlama xizmat qiladigan leksik 


950

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   1036   1037   1038   1039   1040   1041   1042   1043   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin