Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
barqarorlik. Ijtimoiy va ekologik muammolarni foydali va moliyaviy jihatdan 
uy
g‘
unlashtirishga harakat qiladi.
Ijtimoiy barqarorlik - ijtimoiy barqarorlik haqida gapirganda, biz ijtimoiy birdamlikni 
ta'minlash va ishchilarning umumiy rivojlanish maqsadlariga erishish k
o‘
nikmalarini nazarda 
tutamiz. Buning uchun ular kerak barcha salbiy ijtimoiy ta'sirlarni bartaraf etish turli xil 
faoliyatni keltirib chiqaradigan va ijobiy tomonlarni kuchaytiradigan. Bu, shuningdek, 
mahalliy jamoalarning yashash sharoitlarini yaxshilash b
o‘
yicha olib borilayotgan faoliyatni 
rivojlantirish uchun imtiyozlar olishlari bilan bo
g‘
liq. 
“Iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘rtasida farq mavjud albatta. 
Iqtisodiy o‘sish deganda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishning miqdoriy jihatdan 
ko‘payishini tushunsak, iqtisodiy rivojlanish deganda esa iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq 
tushunchani, ya’ni nafaqat ishlab chiqari
sh hajmining ortishini, balki aholi turmush darajasi 
o‘sishini va iqtisodiyotda bo‘layotgan turli xildagi o‘zgarishlarni ham ifodalanishi tushuniladi

Iqtisodiy rivojlanish - 
iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u nafaqat ishlab 
chiqarishn
ing ortishini, balki uning kamayishini hamda iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni ham 
ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p tomonli jarayon hisoblana
di hamda texnik, iqtisodiy 
va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. “Iqtisodiy o‘sish” tushunchasiga 
muqobillik sifatida ba'zida aholining turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich namoyon 
bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p
jihatli jarayon hisoblanib, o‘z tarkibiga texnik, 
iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlarni qamrab oladi. Iqtisodiy o‘sish ekstensiv va 
intensiv turlarga bo‘linadi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish moddiy ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan resurslar hajmining oshishi natijasida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, 
ekstensiv iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslar, i
shchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish 
omillarini qo‘shimcha jalb qilish va faqat ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro‘y beradi. 
Bunda ularni
ng sifat va texnikaviy darajasi o‘zgarmasdan qoladi. Intensiv iqtisodiy o‘sish esa 
ilmiy-texnikaviy bazani takomillashtirish va barcha ishlab chiqarish omillaridan yanada 
samarali foydalanib mehnat unumdorligini oshirish orqali ta’minlanadi. Real hayotda e
sa 
ekstensiv yoki intensiv o‘sish alohida sof holda uchramaydi, balki o‘zaro ta’sirlashadi va 
aralash holat
da uchraydi. Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sish turlarining xususiyatlarini 
tizimlashtirib quyidagicha ifodalash mumkin. Iqtisodiy o‘sish doimo i
qtisodiy va noiqtisodiy 
omillar ta’siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy o‘sish omillari deb ishlab chiq
arishning real 
hajmi oshishi, uning samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini aniqlab beruvchi hodisa 
va jarayonlarga aytiladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurslar miqdorini oshirish va 
sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqti
sodiy omillar o‘z ichiga siyosiy, harbiy, 
geografik, iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra 
esa omillar bevosita va bilvosita 
omillarga bo‘linadi. Bevosita iqtisodiy o‘
sish omillarini beshta guruhga ajratish mumkin: 
mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapitalning samaradorligi, tabiiy resurslar miqdori va 
sifati, boshqaruvning samaradorligi, 
texnologiyalar samaradorligi. Bilvosita iqtisodiy o‘sish 
omillariga esa talab va taqsimlash omillari kiradi: bozorlar monopollashuv darajasining 
pasayishi, ishlab chiqarish resurslari narxlarining pasayishi, soliqlar darajasining pasayishi, 
kredit olish imkoniyatining kengayishi va boshqalar. Iqtisodiyot nazariyasida barqaror 
iqt
isodiy o‘sish degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, u barqaror rivojlanishning alohida 


242

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin