341
www.
kokanduni.uz
MAKTABGACHA INKLYUZIV TA’LIM
- INKLYUZIV JAMIYAT VA MADANIYAT ASOSI
Arslanova Madinaxon Mansurovna
“Ta’lim” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (
PhD)
Annotatsiya:
Мazkur maqolada so‘z O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” g‘oyasi bilan
uyg‘unlashgan insonparvar va inklyuziv jamiyat qurish jarayonlarida maktabgacha ta’lim
tizimida inklyuziv ta’limning joriy etilishi, uning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rni va ahamiyati
t
o‘g‘risida so‘z boradi.
Kal
it so’zla
r:
Maktabgacha ta’lim, inklyuziv madaniyat, imkoniyati cheklangan shaxslar,
ijtimoiy muhit, jamoatchilik, ijtimoiylashuv, ijtimoiy institut.
Yurtimizda “Inson qadri” uchun degan ezgu g‘oya davlat ijtimoiy siyosatining m
azmun-
mohiyatini yaqqol ifoda etmoqda
. Keyingi yillarda nogironligi bо‘lgan shaxslarning
jamiyatning barcha sohalari va jabhalaridagi huquq-
manfaatlarini rо‘yobga chiqarish va
kafolatlashga yо‘naltirilgan tizimli amaliy ishlar ham yangi bosqichga kо‘tarili
b, xalqimizning
insonparvarlik madani
yati hamda butun dunyoda umume’tirof etilgan andozalar va
indekslarga yanada moslashib bormoqda.
“Biz О‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning
manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Bu siyosat bir yi
l bilan cheklanib
qolmasligi, doimo bardavom b
о‘lishi barchamizga ayon” [1], degan edi davlatimiz rahbari SH
.
Mirziyoyev 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va
О‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida.
Ma’lumki, bugungi kunda ta’limning barcha bosqichlarida bо‘lgani kabi maktabgacha
ta’lim tizimida ham inklyuziv ta’lim faol joriy etilmoqda. Bu borada keyingi yillarda zarur
normativ-huquqiy asoslar yaratilib, moddiy-
texnik, pedagogik va metodik ta’minot masalalari
bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Bir s
о‘z bilan aytganda, inklyuziv ta’lim maktabgacha
ta’limning muhim va ajralmas tarkibiy qismiga, uning umumiy sifati va samaradorligini
belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda.
Inklyuziv ta’limning fuqarolarning ijtimoiy haq
-huquqlari qatorida konstitusiyaviy
jihatdan mustahkamlanayotganligi esa
О‘zbekistonda inklyuziv jamiyatga о‘tish yо‘lidagi eng
muhim qadamlardan biri b
о‘ldi [2,1].
Birlashgan Millatlar Tashkilotining talqiniga k
о‘ra, inklyuziv jamiyat deganda
- irq, jins,
sinf, hudud, avlod va boshqa farqlarga k
о‘ra kamsitilishni inkor etadig
an hamda jamiyatning
barcha a’zolari uchun о‘zaro hamkorlik va imkoniyatlar muhiti yaratiladigan, ijtimoiy
munosabatlarga k
о‘maklashuvchi ijtimoiy institutlar mavjud bо‘lgan jamiyat tushuniladi [3,7].
Inklyuziv jamiyatning shakllanishi esa birinchi navbat
da jamiyatning barcha a’zolaridan
yetuk inklyuziv madaniyatni talab etiladi.
О‘zbekiston kabi inklyuziya tushunchasi
bosqichma-bosqich kirib kelayotgan mamlakatlarda esa har ikkalasi ham
о‘zaro bir
-birini
t
о‘ldirgan holda uz
viylikda rivojlanib boradi.
In
klyuziv madaniyat esa, jamiyatdagi odamlar, uning barcha a’zolarining bir
-birlariga
nisbatan bag‘rikenglik, insonparvarlik va xavfsiz munosabatida namoyon bо‘ladi. Bunday
madaniyat egalari b
о‘lgan insonlar turli tafovutlaridan qat’iy nazar bir
-birlari bilan
jamiyatning barcha sohalarida
о‘zaro samarali muloqot va hamkorlik uchun imkon topadilar.
Ma’lumki, inklyuziv shakldagi ta’lim dunyo miqyosida ta’limning barcha bosqichlarini
qamrab oladiga
n va imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limi uchun muqobil va maqbul ta’lim
shakli,
deb e’tirof etilgan. Ya’ni
, z
amonaviy dunyoda ta’limga umumjamiyat farovonligining
bosh omili, insonning asosiy huquqlaridan biri va boshqa huquqlarini ta’minlashning asosi,
shuningdek, tinchlik, bag‘rikenglik, inson salohiyatini rо‘yobg
a chiqarish va barqaror
taraqqiyotning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Inklyuziv ta’lim esa, ta’lim maqsadlarining
|