Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə420/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
O‘qish savodxonligi akademik muvaffaqiyatning asosidir va PIRLS yangi yoki qayta 
ko‘rib chiqilgan strategiyalarning o‘zlashtirishga qay darajada ta’sir qilishini o‘rganish uchun 
qimmatli vositadir. PIRLS baholash dasturi o‘qishning asosiy maqsadlari –
ba
diiy o‘qishda 
tajriba orttirish, ma’lumotga ega bo‘lish va undan foydalanish hamda internetda ma’lumot 
qidirishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tizimga asoslangan. 
2021-yilning 5-14-aprel kunlari 
mamlakatimizda 4- 
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha 
ilk xalqaro tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqotda respublik
amizdagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 
5948 nafar 4-
sinf o‘quvchilari hamda ularning ota
-onalari, maktab direktorlari va sinf 
rahbarlari ishtirok etdi. 2023-yil 16-mayda Boston kolleji va IEA qoshidagi TIMSS va PIRLS 
xalqaro tadqiqot markazi PIRLSning 2021-
yilgi xalqaro hisoboti natijalarini ommaga e’lon 
qiladi. Ushbu so‘nggi PIRLS sikli COVID
-19 tufayli maktablarning yopilishi va darslarning 
to‘xtatilishi fonida ma’lumotlarni to‘plash uchun yagona xalqaro keng ko‘lamli tadqiqot bo‘ldi. 
Mamlakatimizning PIRLS tadqiqotida ishtirok etishidan maqsad quyidagi bir qator 
savollarga javob olishdir: 

O‘zbekistonlik boshlang‘ich sinf bitiruvchilari boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga 
nisbatan qay darajada yaxshi o‘qiydilar?

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari o‘qish savodxonligining qaysi darajasiga ega?

To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘qishni yoqtiradimi?

O‘qish savodxonligini rivojlantirushda oilaning o‘rni qanday?

Bugungi kunda mamlakatimiz maktablarida savodxonlikka o‘rgatish jarayoni qanday 
tashkil etilgan? 

O‘zbekistonda savodxonlikka o‘rgatish jarayoni boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘ziga 
xos xususiyatlarga egami va agar shunday bo‘lsa, bu xususiyatlar nimalarda ko‘zga tashlanadi? 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari foydalanadigan o‘qitish usullari bos
hqa mamlakatlardagi 
o‘qituvchilar qo‘llaydigan usullardan farq qiladimi?
Tadqiqot doirasida 4-
sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarning o‘qish sifati sinovdan 
o‘tkaziladi, chunki mazkur to‘rtinchi yil bolalar rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi –
bu 
vaqtga 
kelib o‘quvchilar o‘qish savodxonligini shu darajada egallashi kerakki, bu malaka ta’lim 
olishning keyingi bosqichi uchun asosiy vositaga aylanishi zarur. 
PIRLS tadqiqotlari o‘quvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari paytida va maktabdan 
tashqarida eng ko
‘p ishlatiladigan o‘qishning ikki turini baholaydi:

adabiy o‘qish borasida tajriba orttirish maqsadida o‘qish;

ma’lumotni o‘zlashtirish va undan foydalanish uchun o‘qish.
Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va axborot matnlarini o‘qishd

o‘qish qobiliyatlari to‘rt guruhda baholanadi:

aniq shaklda berilgan ma’lumotlarni topish;
- xulosalarni shakllantirish; 
- axborotni sharhlash va umumlashtirish; 
- matnning mazmuni, til xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish va baholash. 
4-
sinf o‘q
ish va savodxonlik darslarida tadqiqot materiallaridan muntazam foydalanish 
natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining 38 foizi 
nafaqat matndan ma’lumotni o‘qishni, balki ushbu ma’lumotni jiddiy aqliy qayta ishlashn

talab qiladigan o‘ta murakkab darajadagi savollarga javob bera oladilar. Ular 800
-1000 
so‘zdan iborat matnlarni bemalol o‘qiydilar, mazmunini tushunadilar va sharhlay oladilar.
PIRLS xalqaro baholash mashqlaridan savodxonlik darslarida foydalanish natijalari 
shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich 4

sinf o‘quvchilarining matnlarni o‘qish, bu matnlardan 


375

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin