Kalit so‘zlar: funksional savodli
shaxs, o‘qish savodxonligi, xalqaro baholash
tadqiqotlari, PIRLS xalqaro baholash dastur
i, boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi,
matnni o‘qish va tushunish.
Bugungi zamonaviy maktabning eng muhim vazifalaridan biri funksional savodli shaxsni
shakllan
tirishdir. "Funksional savodxonlik" tushunchasi o‘z ichiga oladigan jihatlarni ko‘rib
chiqaylik.
Funksional savodxonlik
–
bu shaxsning tashqi muhit bilan munosabatga kirishish, unga
imkon qadar tezroq moslashish qobiliyatidir. Funksional jihatdan barkamol shaxs
–
bu o‘zi
mavjud bo‘lgan jamiyatning qadriyatlari, qiziqishlari, umidlariga muvofi
q erkin harakat
qiladigan shaxs. Funksional savodli shaxsning asosiy belgilari: mustaqil, bilimdon va odamlar
orasida qanday yashashni biladigan, ma’lum fazilatlarga, asosiy shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan
odam. Bugungi kunda jamiyat zamonaviy o‘qituvchi ol
digan aynan shu sifatlarga ega shaxsni
tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha turli xalqaro va mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
ak
sar hollarda, ta’lim tizimi jadal o‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga javob berishga
ulgurmayapti va o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyati, jamoada ishlash hamda
kundalik hayotda va ishlab chiqarishda foydalaniladigan yangidan-yangi texnologiyalarga
moslashish kabi zarur ko‘nikmalarni shakllantira olmayapti. Bilimlarni bahola
sh usullarini
isloh qilish ta’lim sohasidagi har qanday tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Chunki bu o‘zgarishlar maktab bitiruvchilarini mu
nosib hayot uchun zarur
bo‘lgan malakalar bilan qurollantira oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2018
-yil 8-
dekabrdagi 997-
sonli qarori bilan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish vazifalari belgilandi.
O‘zbekistonning ta’lim sifatini baholovchi xalqaro miqyosdagi tadqiqotlarda ishtirok
etishi ta’lim sifatini baholashning milliy tizi
mini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ushbu
tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar mamlakatimizda ta’limning sifati va uning jahon
ta’lim tizimidagi nisbiy mavqeini baholashga imkon beradi.
Baholash tadqiqotida ishtirok
etuvchi turli mamlakatlarning o‘
quv dasturlari, darsliklari va
o‘quvchilarning o‘qishda
erishgan natijalariga qo‘yiladig
an talablariga oid boy tahliliy materiallar mazkur mamlakat